Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» yo‘lida yuk avtomobili piyodani urib ketdi
2019 yil 26 dekabr kuni soat 10:30larda, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 25-km.da YTH sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, noma'lum haydovchi noma'lum transport vositasi bilan yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, Urgut tumanida yashagan, 1959 yilda tug‘ilgan J.T.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada, piyoda J.T. voqea joyida halok bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan S.E. o‘z boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomobilida sodir etgani aniqlandi.
Haydovchi shu kunning o‘zida ushlandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026