Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Xitoy kompaniyasi yuqori sifatli sement ishlab chiqaruvchi korxona quradi
Xitoyning “Xingda Group” kompaniyasi Chust tumanida yillik 1 mln 300 ming tonna M600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarish hajmiga ega yirik ishlab chiqarish korxonasi quradigan bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Namangan viloyat hokimligi hamda Xitoyning “Xingda Group” o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan qiymati 108 million AQSh dollari bo‘lgan investitsion kelishuv imzolandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, xitoylik investor Shi Kay Long hamda mahalliy hamkor Gulbahor Abdullayeva tomonidan imzolangan investitsion kelishuvga asosan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan barpo etiladigan yangi korxonaning ishga tushishi 2021 yilning iyun oyiga mo‘ljallangan.

180 yangi ish o‘rni yaratishi ko‘zda tutilgan korxonaning to‘la quvvatda ishga tushishi Farg‘ona vodiysi bozorining yuqori sifatli mahsulotga bo‘lgan talabini to‘la qondiradi hamda yillik hajmi 50 million dollargacha bo‘lgan bo‘lgan importning o‘rnini to‘ldiradi.
Mavzuga oid
08:41
Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan viloyatida bo‘ladi
17:30 / 19.06.2026
Namanganda IIB tergovchisi nomusga tegish jinoyatini “yopib” yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:00 / 18.06.2026
Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi
11:55 / 12.06.2026