Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Sankt-Peterburgdagi Migrantlarni vaqtincha saqlash markazidagi o‘zbekistonliklar to‘g‘risida ma'lumot berdi
30 dekabr kuni Kun.uz saytida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Migrantlarni vaqtincha saqlash markazidagi o‘zbekistonliklardan kelib tushgan murojaat e'lon qilingandi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, 30 dekabr kuni mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi xodimlari ushbu shaharning Krasnoselskiy tumanida joylashgan Xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga bordilar.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur Markazda 161 nafar O‘zbekiston fuqarosi saqlanmoqda, ulardan 53 nafari bir oydan ko‘p vaqt davomida aviachipta xarid qilinishi va ularni mamlakatdan chiqarib yuborilishi uchun sud qarorini ijroga o‘tkazilishini yoki qaror ustidan qilingan shikoyatni yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rib chiqilishini kutmoqda.
“Bosh konsulxona vakillari tomonidan hamyurtlarimizga konsultativ yordam ko‘rsatildi, vaziyat nazoratga olindi. Yaqin vaqt ichida Sankt-Peterburg shahar sudi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan”, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.
Konsullik huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk, Kaliningrad, Leningrad, Murmansk, Novgorod, Pskov, Vologda viloyatlari, Sankt-Peterburg shahri, Kareliya, Komi Respublikalari, Nenets avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
08:53 / 04.02.2026
Sankt-Peterburgdagi bayramga iqtidorli o‘quvchilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi
21:28 / 22.12.2025