Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronni AQShning Iroqdagi elchixonasiga hujum uyushtirishda aybladi
AQShning Bag‘doddagi elchixonasi atrofidagi tartibsizliklar ortida Eron turibdi, deb bayonot berdi Amerika prezidenti Donald Tramp.
"Endi Eron AQShning Iroqdagi elchixonasiga hujum tashkillashtirdi. U buning uchun to‘laligicha javobgar", - deb yozdi u tvitterda.
Avvalroq Bag‘doddagi AQSh elchixonasi binosi yaqinida yuzlab namoyishchilar Amerikaning Iroqdagi diplomatik missiyasi yopilishini va mamlakatdan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilayotganligi xabar qilingandi. Al Mayadeen telekanalining xabar berishicha, "Al-Xashd ash-Shaabi" shialar qurolli guruhining yuzlab tarafdorlari elchixona majmuasi hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Elchixona qo‘riqchilari va politsiya xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llashgan va havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan. Yigirmaga yaqin kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda. Ammo namoyishchilar tarqalmayapti va Bag‘dod markazidagi "yashil hudud"da chodirlar tikishmoqda.
"Al-Xashd ash-Shaabi" komandiri Falih al-Fayyodning so‘zlariga ko‘ra, "Iroq parlamenti AQSh diplomatlarini va qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilmagunicha norozilik namoyishlari davom etadi".
Xabar qilinishicha, AQSh elchisi va elchixona xodimlari Bag‘doddan evakuatsiya qilingan.
Yakshanba kuni Pentagon AQSh harbiylari Iroq va Suriyadagi shia harbiy guruhlari obektlariga zarba berishganini xabar qilgandi.
Shialar guruhi o‘z navbatida, 25 kishi halok bo‘lgani va 51 kishi jarohatlanganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026