Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sanksiyalariga qaramasdan 2019 yilda Huawei sotuv hajmi 18 foizga oshdi
Foto: AP
Xitoyning Huawei kompaniyasi sotuv hajmi 2019 yilda 18 foizga oshdi va 850 mlrd yuanga ($121 mlrd) yetdi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Erik Syuy xodimlarga yo‘llagan bayram murojaatida ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, AQSh hukumatining kompaniya biznesini cheklashga urinishlariga qaramasdan, Huawei ana shunday natijaga erishgan.
Syuy 2020 yil kompaniya uchun og‘ir bo‘lishini va Huawei 2019 yilning birinchi yarmidagi kabi o‘sishga erisha olmasligini aytgan.
«AQSh hukumati bundan buyon ham Huawei gullab-yashnashi uchun og‘ir sharoitlar hosil qilib ilg‘or texnologiyalar rivojlanishiga to‘sqinlik qilishda davom etadi», — deb yozgan Syuy.
2019 yil may oyida AQSh hukumati Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi. Sanksiyalarga ko‘ra, kompaniyaga Amerika kompaniyalarining texnologiya va qurilmalarini sotish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
09:28 / 11.12.2025
IIV va Huawei ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta’minlashda yuqori texnologiyalarni qo‘llashga kelishib oldi
22:20 / 04.12.2025