O‘zbekiston | 11:40 / 05.01.2020
5819
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi 1730ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish o‘tkazilmoqda

Bugun, 5 yanvar kuni O‘zbekistonda deputatlik saylovlarida takroriy ovoz berish o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zoligi uchun saylov 25 ta okrugdagi 1730 ta saylov uchastkasida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu hududlarda saylovchilar soni 3 148 921 nafarni tashkil etadi.

Unda partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar soni quyidagicha:

  • O‘zLiDeP – 15 nafar;
  • «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi – 11 nafar;
  • «Adolat» SDP – 10 nafar;
  • XDP – 9 nafar;
  • Ekopartiya – 5 nafar.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashlariga saylov o‘tkazuvchi 95 ta saylov okrugidagi 1104 ta saylov uchastkasida hamda tuman/shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi 587 ta saylov okrugidagi 1117 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda.

MSK hisob-kitobiga ko‘ra, mahalliy darajadagi saylovlarda 5 millionga yaqin saylovchi ishtirok etishi mumkin.

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov

«Saylov o‘tayotgan hududlarda 5 mingdan ziyod kuzatuvchilar ishlamoqda. Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar uchun kurashayotgan 50 nafar nomzodlarning 18 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi», – dedi MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

Soat 11:20da boshlangan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, bu vaqtga qadar saylov qonunchiligining buzilishiga oid xabarlar kelib tushmagan.

Mavzuga oid