Eron taşqi siyosatining boş harbiy strategi va arxitektori sanalgan general Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bağdodda uni «dunyoning birinçi raqamli terrorçisi» deb e'lon qilgan AQŞ prezidenti Donald Tramp buyruğiga köra öldirildi.

Eronning ikkinçi raqamli odami Trampning buyruği bilan öldirildi. General Qosim Sulaymoniy özi kim edi?

Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy marosimga boşçilik qilgan. Tasvirlarda uning köziga yoş kelganini köriş mumkin.

Öz harbiy qömondoni ölimi uçun şafqatsiz qasos olişga va'da bergan Eron yakşanba kuni yadro kelişuvidan çiqdi va bu orqali AQŞga yadroviy zarba beriş bilan tahdid qildi.

62 yoşda bölgan Sulaymoniy Eronning Yaqin Şarqdagi harbiy operatsiyalariga boşçilik qilgan, öz vaqtida Afğonistonda u bilan «Tolibon»ga qarşi kuraşda hamrohlik qilgan AQŞ uni keyinçalik terrorçi deb e'lon qilgan. Trampning aytişiça, Sulaymoniy amerikalik diplomatlarga, Iroq va boşqa mamlakatlardagi amerikalik harbiylarga hujumlar uyuştirişni rejalaştirayotgan edi.

Dafn marosimida nimalar böldi?

Sulaymoniy Erondagi köpçilik uçun milliy qahramonga aylangandi. U mamlakatda oyatullohdan keyingi ikkinçi raqamli inson hisoblanardi.

Odamlar yiğlaşdi, köpçilik marhumning portretlarini kötarib olgandi. Tobut ortidan yurgan olomon «Amerikaga ölim!» deya hayqirardi.

Generalning qizi Zaynab Sulaymoniy otasining dafn marosimida tez orada qasos olinişi, AQŞ va uning ittifoqdoşi Isroil uçun «qora kunlar» kelişi bilan tahdid qildi.

«Aqldan ozgan Tramp, otamning şafqatsizlarça öldirilişidan söng hammasi tugadi, deb öylamang», degan Zaynab Sulaymoniy marosim vaqtida. U amerikaliklarga ham öz farzandlari uçun ölişni taklif qilgan.