Eronning ikkinçi raqamli odami Trampning buyruği bilan öldirildi. General Qosim Sulaymoniy özi kim edi?
|17:00 / 03.01.2020266 79811 min
Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniy Iroqda AQŞ harbiylari aviazarbasi oqibatida halok böldi.
Foto: AFPFoto: AFP
Pentagon Sulaymoniy AQŞ prezidenti buyruğiga köra öldirilganini tasdiqladi.
3 yanvarga ötar keçasi OAVda Bağdod aeroporti hududida uçta raketa portlagani, hujumlar oqibatida bir kişi halok bölib, yana 9 kişi jarohatlangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Washington Post xabariga köra, zarba vaqtida Sulaymoniy Bağdoddagi aeroportda avtomobilda bölgan, taxminlarga köra, amerikaliklar dron (uçuvçisiz uçar qurilmasi) orqali avtomobillar kolonnasiga hujum uyuştirgan.
Xalqaro kuzatuvçilar Eronning nufuzli qömondonlaridan biri halok bölgani, bu esa AQŞ va Eron munosabatlaridagi ziddiyatni yanada keskinlaştirişini aytişdi.
Keyinroq Islom inqilobi muhofizlari korpusi general Qosim Sulaymoniyning ölimini tasdiqladi va u amerikaliklar vertolyotidan berilgan zarba oqibatida halok bölgani ma'lum qilindi.
Tehron AQŞning Erondagi manfaatlarini ifodalovçi Şveytsariyadagi işonçli vakilini çaqirtirdi va undan qöşni Iroqda uruş olovi yoqilişi borasida izoh söraldi.
Eron oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy öldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQŞdan buning uçun qasos olinajagini ma'lum qildi.
«Şahidlik uning yillar davomidagi faoliyati uçun mukofot böldi. U ketgan bölsada, Allohning irodasi bilan uning işi va yöli töxtab qolmaydi. Bu oqşomda iflos qöllarini qonga böyagan jinoyatçilarni qörqinçli qasos kutmoqda», deyilgan uning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Eron Taşqi işlar vaziri Javod Zarif mazkur «jinoiy hujum» muhokamasi uçun hukumatning xavfsizlik xizmati şoşilinç yiğiliş ötkazişini bildirgan.
«IŞID, «Al-Nusra» va «Al-Qoida» kabi terrorçilik guruhlari bilan kuraşiş yölida samarali faoliyat körsatgan general Sulaymoniyning öldirilişi AQŞning xalqaro terrorçilik akti bölib, favqulodda xavfli va çuqur eskalatsiya hisoblanadi», deydi Eron TIV rahbari. Vazirning ta'kidlaşiça, AQŞ özining «firibgarona qaltis işlariga» javob beradi.
Mavzuga oid
Bu xabarlar ortidan Donald Tramp tvitterida Amerika bayroğini joylaştirdi va uni heç qanday izohsiz qoldirdi.
Qosim Sulaymoniy Eron isteblişmentidagi muhim figuralardan edi. Uning boşqaruvidagi «Al-Quds» maxsus bölinmasi töğridan-töğri oyatulloh Ali Xominaiyga böysunadi.
Bağdoddagi hodisa ortidan jahonda neft narxi 4 foizga kötarilişi kuzatildi.
Bu qanday sodir böldi?
«Prezident buyruğiga köra, AQŞ qurolli kuçlari Amerikaning xorijdagi personalini himoya qiliş uçun qat'iy mudofaa harakatlarini amalga oşirdi va xalqaro terrorçi taşkilotlar röyxatidagi Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniyni öldirdi», deyilgan Pentagon xabarida.
Amerika Mudofaa vazirligi uşbu zarba Eronning kelgusida rejalaştirgan hujumlari oldini oliş maqsadida amalga oşirilganini qayd etgan.
«U sönggi bir neça oydan beri koalitsiyaning Iroqdagi harbiy bazalariga hujumlarni taşkillaştirgan,.. şuningdek, Bağdoddagi Amerika elçixonasiga uyuştirilgan hujumni ma'qullagan», deyiladi Pentagon press-relizida. Qöşimça qilinişiça, AQŞ «öz fuqarolari va öz manfaatlarini butun dunyo böylab himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni körişda davom etadi».
Qayd etiş joizki, aviazarba AQŞning Bağdoddagi elçixonasi namoyişçilar tomonidan qamal qilinişidan bir neça kun ötib berildi. Rasmiy Vaşington elçixonaga hujum general Sulaymoniy körsatmasi bilan amalga oşirilganini bildirgan.
New York Post naşri harbiylar orasidagi anonim manbasiga asoslanib xabar qilişiça, aeroportdagi hujum oqibatida 7 kişi halok bölgan. Gazeta ma'lumotiga köra, ikkita avtomaşinaga aviazarba berilgan. Nişon ikkinçi urinişda yöq qilingan: ungaça uçta raketa yöllangan, ammo generalga şikast yetmagandi.
Amerikalik harbiylar ma'lumotida qayd etilişiça, Qosim Sulaymoniy va «Al-Quds» maxsus bölinmasi amerikalik hamda xalqaro koalitsiya tarkibida bölgan yuzlab harbiylar ölimi va minglab kişilarning jarohat olişida mas'ul bölgan.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi ma'lumotiga köra, Sulaymoniy bilan birga Iroqdagi şialarning «Kataib Hizbulloh» guruhi qömondoni Abu Mahdi Muhandis ham halok bölgan.
«Kataib Hiszbulloh» guruhi qömondoni Abu Mahdi Muhandis
Şuningdek, amerikalik harbiylar Bağdodda uşbu guruhning bir qança boşliqlarini qölga olingani haqida xabarlar tarqalgan, ammo hozirça bu xabarlar tasdiqlanmadi.
«Kataib Hizbulloh» - Iroqdagi şialarning harbiylaşgan guruhi bölib, 2007 yilda Eron qöllab-quvvatlovi bilan tuzilgan.
AQŞ bayonotiga köra, «Kataib Hizbulloh» Eron Islom muhofizlari korpusi bilan qalin aloqalar örnatgan bölib, xalqaro koalitsiya kuçlariga hujum uyuştiriş uçun bir neça marta Eron hukumatidan kömak olgan.
Amerika prezidenti ma'muriyatidagilar IIMKni Yaqin Şarqdagi AQŞga qarşi terrorçi guruhlarni boşqaruvçi kuç sifatida körişadi.
Razvedka ma'lumotlari asosida harakatlangan amerikalik harbiylar keça tun qoronğisida Eronning muhim harbiy qömondonini öldirişdi.
Pentagon bu aviazarba Eronning kelgusidagi hujumlarining oldini oliş uçun amalga oşirilganini bildirdi. Ammo aslida bu hujum tez orada butunlay aks ta'sir körsatişi mumkin.
Qosim Sulaymoniy Erondagi asosiy diniy arboblardan edi va eronliklarning Yaqin Şarqdagi harbiy kampaniyalarida asosiy vazifani bajarar edi.
Uning halokati AQŞ va Eron örtasidagi qarama-qarşilikni yangi bosqiçga olib çiqişi mumkin.
Sulaymoniyning öldirilişi yangi uruşni boşlab berişi mumkin
Amerikalik senator Kris Merfi Sulaymoniyning yöq qilinişi tomonlar örtasidagi ziddiyat yanada keng kölamda avj olişi mumkinligi haqida gapirdi. Uning hisoblaşiça, eronlik general AQŞning duşmani bölgani aniq, ammo bunday qaror yanada köproq amerikaliklar ölimiga olib kelişi mumkin. «Savol boşqa joyda: Amerika hukumati Eronning ikkinçi şaxsini kongress ruxsatisiz yöq qilişi va bu orqali keng miqyosli mintaqaviy uruşni boşlaş uçun sabab keltirib çiqarişi mumkinmidi?» — deya qayd etgan senator.
Qosim Sulaymoniy kim edi?
20 yil davomida general Sulaymoniy Yaqin Şarqdagi e'tiborli voqealarda muhim rolni bajarib kelgan
Qosim Sulaymoniy 62 yoşda edi. U Rabor şahrida, dehqon oilasida tuğilgan, maktabni oxirigaça öqimagan. 1978 yilgi islom inqilobi vaqtida inqilobiy kuçlar safiga qöşilgan, şundan söng armiya xizmatiga yöl olib, 1980-1988 yillardagi Eron-Iroq uruşida qatnaşgan.
Qosim Sulaymoniy 1998 yildan buyon xorijda maxfiy amaliyotlar ötkaziş bilan şuğullanadigan «Al-Quds» maxsus bölinmasiga qömondonlik qilardi. U ötgan vaqt mobaynida bir neça marta Ğarb davlatlari, Isroil va arab davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilgan suiqasdlarni boşdan keçirgan.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronda 1979 yilgi inqilobdan söng taşkil etilgan. Quruqlikdagi, harbiy havo va harbiy dengiz kuçlari IIMK tarkibiga kiradi. Korpus faqat Eron oliy rahnamosiga böysunadi va mamlakat Qurolli kuçlaridan alohida harakatlanadi. AQŞ razvedka xizmatlari tahlilçilarining hisob-kitoblariga köra, IIMK Eron iqtisodiyotining 50 foizini, xususan, bank va moliya sohalarini nazorat qiladi yoki «sezilarli ta'sir körsata oladi».
Islom inqilobi muhofizlari korpusi rahbari rasman Muhammad Ali Ja'fariy hisoblanadi, biroq Sulaymoniy şaxsan Eron oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xominaiyga hisobot berar va öz harakatlarini aynan u bilan muvofiqlaştirib turardi.
«Al-Quds» — Eron taşqi siyosatini yuritişdagi muhim vosita bölib, bajaradigan iş hajmi jihatidan uni AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi va maxsus bölinmalari bilan qiyoslaş mumkin. Bölinma 1979 yildagi inqilobdan keyin, Yaqin Şarq mintaqasida Eron ta'sir doirasini, jumladan, şia kuçlar kömagida kengaytiriş maqsadida taşkil etilgan. Bölinma boş qarorgohi AQŞning Tehrondagi sobiq elçixonasi örnida joylaşgan bölib, bugungi unda uning safidagi jangçilar soni 20 mingga yaqinni taşkil etadi. Ma'lumotlarga köra, Eronning yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bölgan maxsus bölinmasi uçun jangçilarni saralab oliş işlari butun Eron böylab olib boriladi, tahsil esa Şeroz, Tehron va Qumda olib boriladi, şundan söng jangçilar harbiy harakatlarda tajriba orttirişi uçun Iroq va Afğonistonga yuboriladi.
2011 yilda Suriyada fuqarolar uruşi boşlanganida Sulaymoniy «Hizbulloh»ga va boşqa şia guruhlarga Başar Asad hukumati tomonida turib jang qilişni buyurgan. IŞIDga qarşi uruş vaqtida Iroqdagi Xalq safarbarlik kuçlari ham uning körsatmalariga köra hukumat tomonida turib jang qilgan.
Ma'lumotlarga köra, u 2015 yilda Moskvaga taşrif vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriyaga kirişga va Asad hukumatiga muxolif kuçlarga qarşi kuraşda yordam berişga köndirgan. Bu aralaşuv Rossiyaning yangi tarixidagi muhim voqealardan hisoblanadi, Rossiya muqaddam heç qaçon arab davlatlari hududida harbiy harakatlarga kirişmagandi.
Sulaymoniyning Moskvaga taşrifi Rossiyaning harbiy intervensiyasini rejalaştirişdagi muhim qadam bölgan va Suriyadagi uruşning rivojini butkul özgartirib yuborib, Asadni qöllab-quvvatlaydigan yangi Eron-Rossiya alyansi tuzilişiga olib kelgan.
Iroq va Suriyadagi uruş vaqtida Sulaymoniy Eronda juda maşhur bölib ketdi. U Eronning boş strategi sifatida qabul qilina boşlandi.
Tramp ma'muriyati tasdiqlaşiça, «Al-Quds» Eronning Yaqin Şarqda AQŞga qarşi kuraşuvçi guruhlarni rivojlantiriş uçun asosiy mexanizm bölib, «Al-Quds» bu guruhlarni moliyalaştiradi, öqitadi, ularga qurol-yaroğ yetkazib beradi.
Sulaymoniy Eronning Yaqin Şarqdagi ta'sir doirasi kengayişida muhim rol öynagan va bu hududda öz ta'sirini kengaytirişga urinadigan boşqa davlatlar — AQŞ, Saudiya Arabistoni hamda Isroilga tösqinlik qilib kelgan. U Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda muhim rolni öynagan. Xususan, uning bölimi 2011 yilda Suriyada boşlangan fuqarolik uruşida Başar Asad tomonida turib jang qilgan, şuningdek, Suriya va Iroqdagi şia ayirmaçilariga IŞIDga qarşi turişda kömak berib kelgan. Bundan taşqari, u Livandagi «Hizbulloh» harakati va Falastindagi jangari guruhlar bilan mustahkam aloqa örnatgan.
2019 yilning aprel oyida AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi hamda uning tarkibidagi «Al-Quds» bölinmasini xalqaro terrorçi taşkilotlar sifatida e'lon qilgandi.