Eron 5 yanvarda yadro dasturi böyiça Birgalikdagi harakatlar rejasidan çiqişini e'lon qildi.
“Eron yadro kelişuvi böyiça, birinçi navbatda sentrifugalar soni böyiça, çeklovlardan batamom voz keçadi. Şu tariqa Eron yadro dasturi böyiça işlab çiqariş borasida, jumladan uranni boyitiş quvvati va bu sohada tadqiqoqlar ötkaziş va dasturni yanada rivojlantirişda heç qanday çeklovlarga ega bölmaydi”, deb aytilgan Eron hukumati bayonotida.
Ta'kidlanişiça, Eron Atom energetikasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlikni davom ettiradi va Eronga qarşi sanksiyalar bekor qilinsa hamda uning manfaatlari kafolatlansa, yadro kelişuvi böyiça öz majburiyatlarini bajarişga qaytadi.
Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musaviyning ta'kidlaşiça, Tehron harakatlar rejasini imzolagan beşta davlat bilan muzokaralarni davom ettiradi, biroq bundan avval AQŞ general Qosim Sulaymoniyning öldirilişi uçun javob berişi lozim.
Birgalikdagi harakatlar rejasi 2015 yilda Eron va 6 ta davlat örtasida imzolangan. Kelişuvda Eronga qarşi xalqaro sanksiyalar bekor qilinişi evaziga Tehronning öz yadro dasturini çeklaşi közda tutilgan edi. Biroq 2018 yilda AQŞ prezidenti Donald Tramp kelişuvdan çiqişini va Eronga qarşi iqtisodiy sanksiyalar tiklanişini e'lon qilgandi. Şundan keyin Tehron harakatlar rejasi böyiça öz majburiyatlarini bosqiçma-bosqiç qisqartirişni boşlagan edi.










