Bağdodda minglab odamlar general Qosim Sulaymoniy bilan vidolaşuv marosimida iştirok etdi.

Eron taşqi siyosatidagi asosiy strateg va arxitektor bölgan general Sulaymoniy AQŞ prezidenti Donald Trampning farmoyişi bilan yöq qilindi, u generalni «jahondagi birinçi raqamli terrorçi» deb atagan.

Diplomatlar, siyosatçilar va ekspertlar Yaqin Şarqda vaziyat yanada keskinlaşişini hamda Amerika-Eron qarama-qarşiligi keng kölamli uruşga aylanib ketişi mumkinligini tusmol qilişmoqda.

Sulaymoniydan taşqari Bağdodda u bilan birga öldirilgan Iroq şialarining «Kataib Hizbulloh» guruhi rahbari Abu Mahdi al-Muhandis bilan xayrlaşuv marosimi ötkazildi. 

Xayrlaşuv marosimi şanba kuni Bağdoddagi yaşil hududda (Iroq poytaxtidagi qattiq qöriqlanadigan hududda - Amerika elçixonasi şu yerda joylaşgan) boşlandi. Bu yerdan namoyişçilar Iroqdagi şialar uçun muqaddas hisoblangan Karbaloga va al-Muhandis dafn qilinişi möljallangan An-Najaf şahriga yöl olişdi.

Köplab odamlar qölida Iroqning Xalq safarbarlik kuçlari guruhi bayroqlari bölgan. Odamlar AQŞ va Isroilga qarşi şiorlarni hayqirişgan.

Ijtimoiy tarmoqda amerikaliklar tomonidan öldirilgan general sönggi yölga «Şevrole» (AQŞning General Motors avtokonserni mahsuloti)da kuzatilganiga e'tibor qaratgan.

Eronda general milliy qahramonga aylandi. U bilan xayrlaşiş uçun millionlab kişilar köçalarga çiqmoqda.