Rossiya ta’lim vaziri Sergey Kravsov Davlat Dumasidagi majlisda sözga çiqib, MDH ayrim mamlakatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat bildirilgani, ayniqsa, bu sovet davriga töğri kelişini aytdi.
«Tarix darsliklariga kelsak, bir qator davlatlar tarixini körib çiqişda tarixiy materialni tarixiylik va xolislik tamoyillariga rioya qilmasdan taqdim etişda ma’lum qiyinçilik va muammolar mavjud. Bu, birinçi navbatda, bizning umumiy ötmişimizga, respublikalar hududining Sovet Ittifoqi tarkibida bölgan davriga taalluqlidir, bu esa, umuman olganda, Rossiyaga nisbatan salbiy xususiyatga ega», dedi Kravsov.
Uning sözlariga köra, Ta’lim vazirligi MDH davlatlarining tegişli vazirlari bilan yagona tarixiy ötmişni talqin qiliş böyiça yondaşuvlarni kelişiş ustida işlamoqda.
U gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Kravsovning qöşimça qilişiça, Rossiya uşbu davlatlar bilan birgalikda «yagona ta’lim, madaniy va ruhiy makon qurmoqda» va şunga mos ravişda «hamma bir-birini tuşunadigan va yaxşi qöşniçilikka sodiq bölgan Yevroosiyo qit’asining kelajagini ham».
Kravsov boşqa mamlakatlardagi tarix darsliklari haqida birinçi marta gapirayotgani yöq. Avvalroq, u «qator mamlakatlarning bir qator tarix darsliklarida tarix buzib körsatilganini» ta’kidlagan edi. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, Rossiya tarix darsliklarida «heç qanday tajovuz, duşmanlik ruhi yöq», faqat «faktlar taqdimoti, tarixiy haqiqat» bor.











