Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Tripoliga turkiyalik harbiylarning birinchi guruhi yetib keldi
Foto: AP
Liviya poytaxti Tripoliga turkiyalik harbiylarning birinchi guruhi Fayoz Sarrojning Milliy kelishuv hukumati tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib keldi. AfrigateNews nashrining xabar berishicha, bu haqda 7 yanvarda Tripolidagi hukumat tomonidan o‘tkazilayotgan “G‘azab vulqoni” kampaniyasi kuchlari qo‘mondoni Nosir Ammar ma'lum qildi.
“Turk harbiylarining birinchi guruhi poytaxtimizga yetib kelgandan keyin bizning kuchlar Liviya armiyasiga katta talofat yetkaza oladi”, deb aytgan Ammar. Biroq u turk harbiylari Tripoliga qachon yetib kelganiga aniqlik kiritmagan. Ammarning ta'kidlashicha, endi Milliy kelishuv hukumati tuzilmalari Liviya milliy armiyasi samolyotlarini urib tushira oladi, jangovar samolyotlari esa “ortda qo‘llab-quvvatlovni his qilgan holda” bemalol uchib, dushman pozitsiyalariga zarba bera oladi.
Uning ma'lum qilishicha, avvalroq Milliy kelishuv hukumati kuchlari jangovar aviatsiyasi Al-Vatiya aerodromiga zarbalar berib, uning infratuzilmasiga jiddiy putur yetkazgan va marshal Halifa Haftarning boshqa bazalarini bombardimon qilmoqchi. “Bugungi kundan boshlab hech qanday iltifotlar bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Ammar.
5 yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviyaga turk harbiylari jo‘natilishi boshlanganini e'lon qilgan. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, turk harbiylari vazifalariga “Liviyaning qonuniy hukumati xavfsizligini ta'minlash” va “muvofiqlashgan harakatlar” kiradi hamda ular jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etmaydilar.
Mavzuga oid
18:56 / 11.03.2026
Turkiyada o‘ldirib ketilgan Dilafro‘z Cho‘lliyevaning jasadi vatanga qaytarildi
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
18:22 / 08.03.2026