Bank sohasidagi asosiy kamchiliklar sanab o‘tildi
Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «2020 yilda O‘zbekiston bank sektoridagi o‘zgarishlar» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda prezident maslahatchisining o‘rinbosari, markaz direktori Obid Hakimov O‘zbekiston bank sohasidagi asosiy kamchiliklarni sanab o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Hakimov jami bank aktivlarining 86 foizi haligacha davlatga tegishli bo‘lib qolayotgani, 70 foizi 5ta yirik banklar (Milliy bank, Asaka bank, Sanoatqurilishbank, Ipoteka bank va Agrobank) hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ta'kidlagan.
Shuningdek, davlat ulushi mavjud banklar depozitlarining kreditlarga nisbatan ulushi 31,5 foiz ekani ma'lum qilindi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich 100 foiz atrofida.
«Yo bo‘lmasa, iqtisodiyotga ajratilgan jami kreditlarning 90 foizi banklar ulushiga kelayotgani ham – bank sohasidagi asosiy kamchiliklardan. Ushbu kamchiliklar o‘rganib chiqilgach, O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari o‘zlarini 2020 yilda transformatsiya qilish jarayoniga tayyorlashdi», – dedi Obid Hakimov.
Qayd etilishicha, hozirda Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda bank sektorini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, Moliya vazirligi tuzilmasida davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilgan. 2020 yilda O‘zbekistondagi ko‘plab tijorat banklari transformatsiya jarayonidan o‘tishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Davra suhbatida transformatsiya jarayoniga tayyorlangan banklardan Xalq banki, Asaka banki, Hamkorbank va Sanoatqurilishbank vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
20:20 / 22.04.2021
«Imtiyozli kreditlar bank tizimida korrupsiyaga moyillikni oshiradi» - Markaziy bank raisi
16:15 / 08.02.2020
«Davlat qaramog‘ida 2-3ta bank qolsa kifoya» - YeTTB direktori o‘rinbosari Muzaffar Zuxurov bilan suhbat
15:56 / 24.01.2020
O‘zbekiston banklarida keng ko‘lamli transformatsiya boshlanadi
19:35 / 21.02.2017