Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo markaziy banklari: jami aktivlar bo‘yicha top-20
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida markaziy banklar balanslari tarixiy jihatdan yuqori darajada qolmoqda. Infografikada 2025 yil sentabr–oktyabr oylari uchun jami aktivlari bo‘yicha eng yirik 20 ta markaziy bank keltirilgan.
Yevrohudud — dunyodagi eng yirik markaziy banklar bloki. Ularning jami aktivlari 7,13 trillion dollarni tashkil etgan. Yevrohududdan keyin reytingda Xitoy (6,62 trln dollar) va AQSh (6,58 trln dollar) keladi.
Yaponiya ham an’anaviy ravishda yuqori o‘rinda turadi (4,51 trln dollar). Mamlakat markaziy banki balansi o‘ta yumshoq pul-kredit siyosati sabab doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Beshtalikka, shuningdek, Shveytsariya ham kirgan. Shveytsariya markaziy banki aktivlarining katta qismi — xorijiy zaxiralar bo‘lib, ular valuta va qimmatli qog‘ozlarni o‘z ichiga oladi va jumladan kursni barqarorlashtirish uchun ham ishlatiladi.

O‘ntalikka, bundan tashqari, Buyuk Britaniya, Hindiston, Braziliya, Singapur va Hongkong markaziy banklari ham kirgan. Hindiston va Braziliyaning top-10ga kirishi rivojlanayotgan bozorlarning global pul-kredit tizimidagi salmog‘i oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Mualliflar infografikani Xalqaro hisob-kitoblar banki (Bank for International Settlemens, BIS) ma’lumotlari asosida tuzgan. Rossiya reytingga kiritilmagan, chunki taqqoslanadigan va dolzarb ma’lumotlar har doim ham mavjud emas.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda Markaziy bank aktivlari hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu, avvalo, oltin-valuta zaxiralarining o‘sishi, tashqi savdo hajmining kengayishi va moliya tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq. Markaziy bank milliy valutani barqaror saqlash, tashqi shoklarga qarshi himoya “buferi” yaratish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida zaxiralarni ehtiyotkorlik bilan boshqarib kelmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston pul-kredit siyosatida muhim o‘zgarishlar kuzatildi. Markaziy bank inflatsiyani targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tdi, bozor mexanizmlarini kuchaytirish va foiz stavkalari orqali iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish amaliyotini kengaytirdi. Bu esa milliy moliya tizimining shaffofligi va investorlar ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston jahon miqyosidagi eng yirik markaziy banklar reytingiga hali kirmagan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo mintaqasida u eng faol va tizimli islohot olib borayotgan regulyatorlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari va moliyaviy tizim barqarorligi saqlansa, O‘zbekistonning global moliya tizimidagi o‘rni ham bosqichma-bosqich mustahkamlanib boradi.
Mavzuga oid
20:16 / 17.01.2026
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
19:50 / 09.10.2025
“Kredit jadvali o‘zgarsa, qarzdorga darhol yangisini bering” – Markaziy bank tijorat banklarini ogohlantirdi
06:22 / 29.09.2025