Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
Yangi nizomga ko‘ra, kredit tashkilotlari mijozlar onlayn firibgarlik holatlari bo‘yicha tezkor murojaat qilishi uchun bank kartasining orqa tomonida 24 soat ishlaydigan aloqa raqamini joylashtirishi shart. Shuningdek, shartnoma va ommaviy ofertalarda mijozlarning xabardor qilish muddatlari aniq belgilab qo‘yiladi.
Nizom talablariga muvofiq, kredit tashkilotlari mijozlar onlayn firibgarlik holatlari yuzasidan zudlik bilan murojaat qilishi uchun bank kartasining orqa tomonida 24 soat ishlaydigan (24/7) aloqa raqamini joylashtiradi.
Shu bilan birga, bank kartasi rasmiylashtirilganda yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilganda tuziladigan shartnomalar va ommaviy ofertalarda qator muhim qoidalar aniq belgilanishi shart. Xususan, foydalanuvchiga firibgarlik belgilari aniqlangani haqida ma’lumot berilishi nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchi qurilmasi yo‘qolganini yoki unga begona shaxslar tomonidan nazorat o‘rnatilganini bilgan zahoti kechiktirmasdan, ammo 1 kundan kech bo‘lmagan muddatda bank yoki to‘lov tashkilotini xabardor qilishi shart. Shuningdek, foydalanuvchi o‘z roziligisiz amalga oshirilgan operatsiyani aniqlaganidan so‘ng 1 kun ichida bu haqda kredit yoki to‘lov tashkilotiga ma’lum qilishi talab etiladi.
Nizomga ko‘ra, foydalanuvchi SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan telefon raqamini o‘zgartirgan taqdirda, kredit va to‘lov tashkiloti uning avvalgi telefon raqamiga xizmatning o‘chirilganligi, yangi telefon raqamiga esa xizmatning ulanganligi haqida SMS-xabarnoma orqali xabar beradi.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026