Özbekiston Markaziy banki jismoniy şaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar körsatişda kiberxavfsizlik böyiça yangi talablarni tasdiqladi. Tegişli hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi va 3 oydan keyin kuçga kiradi.

Unga köra, mobil ilovada röyxatdan ötgan foydalanuvçi öz akkauntiga faqat uşbu şaxsning öziga yoki yaqin qarindoşlariga tegişli bölgan bank hisobvaraği, bank kartasi hamda elektron hamyonlarni biriktirişi va şu akkaunt orqali P2P ötkazmalarini amalga oşirişi mumkin böladi.

Bunda foydalanuvçining telefon raqami va JŞŞIRi özaro mos kelişi alohida tekşiriladi. Agar moslik aniqlanmasa, mobil ilovada röyxatdan ötkaziş hamda bank kartasini biriktirişga yöl qöyilmaydi.

Kredit va tölov taşkilotlari biometrik identifikatsiya jarayonida “hayotiylik faktorlari”ni aniqlaşi şart. Ya’ni, rasm orqali identifikatsiya qiliş (surat körsatib tasdiqlaş) imkoni bölmaydi.

Şuningdek, xavfsizlikni kuçaytiriş maqsadida quyidagi çeklovlar nazarda tutilgan:

  • telefonga yuborilgan 1 martalik SMS-kod 3 marta notöğri kiritilsa, foydalanuvçining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqaga vaqtinça çeklanadi;
  • akkauntga boşqa qurilmadan kiriş yoki parolni qayta tiklaş jarayonida akkauntga boğlangan barça bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda çiqarib yuboriladi;
  • şu qurilmada bank kartalari böyiça moliyaviy operatsiyalar tarixi öçirib yuboriladi.

Qayd etilişiça, bank kartalarini qayta biriktiriş faqat biometrik identifikatsiyadan ötgan holda amalga oşiriladi.