Jamiyat | 10:00 / 10.01.2020
9053
2 daqiqa o‘qiladi

«ERIELL Group» «Uchtepa» konidagi yangi quduqlarni burg‘ulash ishlari natijasi bo‘yicha ma'lumot berdi

Foto: ERIELL Group

«ERIELL Group» Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi «Uchtepa» konida neft va gaz qazib olish hajmini oshirish imkonini beruvchi yangi quduqlarni qazish ishlarini navbatdagi marta muvaffaqiyatli yakunladi.

«O‘zbekneftegaz» AJ kompaniyasi tomonidan burg‘ulangan №11 raqamli ochiq emitterli quduqda «ERIELL Group» mutaxassislari quduqning yon ustunini kesish va vertikaldan 300 metrdan ortiq masofaga siljish texnologiyasini qo‘lladilar. Natijada oldingi suv oqimi o‘rniga sutkalik 11,2 kubometr hajmda neft qazib olish ko‘rsatkichiga erishildi. 

Mazkur texnologiya – neft sanoati mahsuldorligini oshiruvchi samarador uslub hisoblanadi. Yon tomondan gorizontal quvurlar yaratish jarayonga jalb qilinmagan qatlam va uchastkalarni ham qamrab olish, bundan tashqari joylashuv jihatdan murakkab bo‘lgan foydali qazilmalarga ham yetib borish imkonini beradi. Shuningdek, bu tartibda ishlash atrof muhitga bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarni kamaytirishga yordam beradi.

№12 raqamli quduqni burg‘ulash hamda ishga tushirish 1087-1080 m va 1063-1054 m intervalda «zangori olov»ning sutkalik debitini 209,65 ming kubometrga yetkazish kompaniyaning navbatdagi samarali yutug‘i bo‘ldi.

Yil yakuni №13 raqamli quduqda burg‘ulash va ishga tushirish orqali sutkalik 215,397 ming kubometr sanoat oqimi ko‘rsatkichi bilan esda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, «Uchtepa» konidagi burg‘ulash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillar uchun mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ga (9 mart 2017 yil №PP-2822) asosan hamda Farg‘ona vodiysi hududida aholini tabiiy gaz bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid