Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari bayrami arafasida, 10 yanvar kuni Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Davlat rahbari bu yerga 2017 yil yanvar oyida kelib, harbiy ta'limni takomillashtirish, o‘sha paytdagi Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti negizida mutlaqo yangi o‘quv muassasasi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Ko‘p o‘tmay, prezidentning tegishli qarori qabul qilinib, bu yerda xorijning ilg‘or texnologiyalari va zamonaviy o‘quv vositalarini mujassam etgan Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. 2018 yil yanvarda oliy bosh qo‘mondon mazkur yangilangan ta'lim maskani faoliyati bilan tanishgan edi.
Bugun akademiya ham sharoit, ham mazmun jihatidan tubdan o‘zgargan. Auditoriyalar kompyuter texnikasi, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Zamonaviy situatsion markaz, trenajyorlar tashkil etilgan.
O‘tgan yili bu yerda modernizatsiya ishlari davom ettirilib, yangi obektlar qurildi. Kursantlarning o‘qishi va jangovar mashg‘ulotlar o‘tashi, sport bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.
Akademiya qoshida mamlakatning barcha harbiy ta'lim yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida o‘quv jarayoni va ilmiy ishlarni muvofiqlashtiradigan Ilmiy-metodik kengash tuzildi.
Prezident o‘quv muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlar natijasi hamda foydalanishga topshirilgan zamonaviy ta'lim infratuzilmasi obektlari bilan tanishdi.
O‘quv binosida harbiy texnikaning asosiy namunalari bo‘yicha dinamik kompyuter trenajyorlar imkoniyatlari namoyish qilindi, akademiya kursantlarining ixtirochilik va innovatsion ishlanmalari haqida ma'lumot berildi.
– Barcha sohalar qatori harbiy ta'lim bo‘yicha ham doimo zamon bilan birga qadam tashlashimiz, kerak bo‘lsa, undan oldinda yurishimiz zarur. Harbiylarimiz, kursant va tinglovchilar eng ilg‘or, innovatsion bilim va ko‘nikmalarni egallashi, soha bo‘yicha dunyodagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, doim izlanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident kursantlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. O‘quv xonalari, yotoqxona va suzish havzasidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
O‘zbekiston | 12:28
-
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 12:26
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
Mavzuga oid

17:58 / 14.01.2025
Milliy armiyamiz yoshlar uchun mardlik va shon-sharaf maktabiga aylanmoqda - Mirziyoyev

23:01 / 26.02.2024
Qo‘shinlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etiladi

19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi

19:10 / 22.01.2024