Kanada boş vaziri Jastin Tryudo 8 yanvar kuni Tehron yaqinida qulab tuşgan ukrainlarning yölovçi samolyoti halokatida Eronni aybladi.

«Bizda samolyot Eron raketasi tomonidan urib tuşirilganini isbotlovçi köplab manbalar ma'lumotlari bor. Bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli röy bergan», degan Jastin Tryudo. Aviahalokatda Kanadaning 63 nafar fuqarosi ham halok bölgandi.

Tryudo Kanada «Boing» halokati bilan boğliq savollarga javob talab qilişini bildirgan. U javoblar olinmaguniça Kanada hukumati tinçimasligini ta'kidlab ötgan. U fojia yuzasidan keng kölamli tekşiruv boşlaşga çaqirgan.

Kanada boş vaziri ortidan Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson ham şunga öxşaş bayonot berdi. Uning aytişiça, Britaniyada samolyot Eron raketasi bilan urib tuşirilganini tasdiqlovçi dalillar bor.

«Mavjud ma'lumotlar şuni körsatmoqdaki, samolyot Eronning «yer—havo» tasnifidagi raketasi bilan urib tuşirilgan. Katta ehtimol bilan bu qasddan sodir etilmagan», degan Jonson.

Samolyot halokati oqibatida 3 nafar britaniyalik ham halok bölgandi.

Raketa uçirilişi izlari

Avvalroq Amerikadagi naşrlar Pentagondagi manbalari, şuningdek, AQŞ va Iroq razvedkalari ma'lumotlariga asoslangan holda ukrainlar samolyoti Eronning «Tor» zenit-raketa majmuasidan uçirilgan raketa bilan urib tuşirilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Amerikaning CBS News yangiliklar kompaniyasi Amerika razvedkasidagi manbasiga asoslanib, Ukraina samolyoti «Erib» havodan himoya kuçlari tomonidan urib tuşirilgani haqida xabar berdi. AQŞ Eron radarining işga tuşganini qayd etgan, şuningdek, raketalarning faollaşgani haqidagi ikkita çaqnaş hodisasini aniqlagan. Ularning taxminiga köra, bu «Tor» zenit raketalarining havoga çiqarilganidan keyin kuzatilgan infraqizil nurlar çaqnaşi edi. Bu çaqnaşlar ortidan havoda portlaş (samolyot portlaşi) röy bergan.