8 yanvar kuni tongida Tehron-Kiyev yönalişida PS752 reysini amalga oşirgan Boeing 737 rusumli samolyot havoga kötarilganidan bir neça daqiqa ötib qulab tuşgandi. Samolyot bortida 176 kişi bor edi va ularning barçasi halok böldi.
Hisobotda aytilişiça, samolyot radarlardan yöqolgan vaqtda 2500 metr balandlikda bölgan.
«Aeroportdan çiqişda avvaliga ğarbga qarab uçgan samolyot muammo yuzaga kelgaç öngga burilgan va halokat arafasida aeroportga qarab yönalgan», degan CAOI vakili Ali Obidzoda «Tasnim» agentligi muxbiriga.
Aviatsiya agentligidagilarning hisoblaşiça, halokat arafasida samolyot bortida yonğin kelib çiqqan: guvohlarning tasdiqlaşiça layner qulayotganda yonayotgan bölgan. Hozirça yonğin sababi aniqlanmadi.
«Uçuvçi dispetçerga bortdagi holat haqida xabar bera olmagan», deya qöşimça qilgan agentlik rahbari.
Eron samolyot «qora qutisi» yozuvlari asosida hodisa sabablarini örganişni davom ettirmoqda. Eronga samolyot halokati sabablarini örganiş uçun favqulodda vaziyatlar böyiça Ukraina davlat xizmati, Mudofaa vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Ukraina xavfsizlik xizmati, Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi, şuningdek, Aviatsiya hodisalarini örganiş böyiça milliy byuro vakillaridan iborat mutaxassislar guruhi jönatilgan.
Çorşanba kuni Obidzoda Tehron samolyot «qora quti»si ma'lumotlarini Boeing kompaniyasiga yoki Amerika hukumatiga taqdim etmasligini ma'lum qilgandi.
«Ma'lumotlar bizning mamlakatimizda, bizning taşkilotlar tomonidan örganiladi. Ammo Ukraina (samolyot röyxatdan ötkazilgan davlat), AQŞ (samolyot işlab çiqarilgan davlat), şuningdek, Şvetsiya va Kanada (samolyotda fuqarolari bölgan davlatlar) hukumati vakillari ham uşbu jarayonda iştirok etişi mumkin», degandi u.
Asosiy versiyalar
Ukraina milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Aleksey Danilov maxsus komissiya tomonidan körib çiqilayotgan asosiy versiyalar haqida ma'lumot berdi.
«Asosiy versiyalar orasida: samolyot zenit-raketa majmuasi hujumiga uçragani haqidagi taxmin ham bor. Voqea hududidan Rossiyada işlab çiqarilgan «Tor» zenit raketa majmuasidan uçirilgan raketa parçasi topilgani haqidagi surat internetda tarqaldi», - degan Danilov «Tsenzor.net» portaliga bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, tergovçilar samolyot havoda boşqa bir obekt bilan töqnaşgani ehtimoli, dvigatelda texnik sabab bilan portlaş bölgani va layner bortida portlaş bölgani ehtimolini ham körib çiqişmoqda.















