Ukraina milliy xavfsizlik kengaşi (SNBO) «Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasining Tehronda qulagan Boeing 737 samolyoti halokati sabablari böyiça versiyalarini ma'lum qildi.

Uşbu hodisa atrofidagi voqealarni yoritayotgan telegramdagi «Ukraina 24/7» kanali ma'lumot berişiça, Ukraina milliy xavfsizlik kengaşi asosiy versiyalar sifatida zenit raketasi zarbasi, terakt va texnik nosozlik sabab dvigatelda portlaş röy bergani körib çiqilmoqda.

Şuningdek, layner uçuvçisiz uçiş qurilmasi yoki boşqa «uçar obekt» bilan töqnaşgani versiyalari ham istino etilmagan.

Eronning dastlabki hisoboti: Samolyot aeroportga qaytişga uringan

«Interfaks» agentligi Ukraina milliy xavfsizlik kengaşi kotibiga asoslanib xabar berişiça, Eronga uşbu hodisa sabablarini örganiş jarayonida iştirok etiş uçun yetib kelgan Ukraina komissiyasi Rossiyaning 3RK «Tor» raketasi parçalarini qidirmoqçi.

Bundan avvalroq, internetda samolyot qulagan hududdan «Tor» zenit-raketa qurilmasidan uçirilgan raketa qismi topilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bundan taşqari, halokat röy bergan soatlarda Iordaniyaning Al-Hadath naşri uşbu samolyotga öşa vaqtda eronlik harbiylar tomonidan AQŞning Iroqdagi bazalariga uçirilgan raketalardan biri tegib ketgan bölişi mumkinligi haqidagi taxmin qilgandi.

Ma'lumot uçun, Eron armiyasida Rossiyada işlab çiqarilgan «Tor-M1» zenit-raketa majmuasi mavjud. Rossiya Tehronga bunday qurollarni yetkazib berişni 2007 yil yanvarida yakunlagan.

Kiyev aviahalokat qurbonlari fuqaroligiga aniqlik kiritdi, qurbonlarning aksari Eron va Kanadadan
  • 9 yanvar kuni Reuters AQŞ, Kanada va Yevropadagi davlatlardan birining maxsus xizmatlariga asoslanib, aviahalokatga texnik nosozlik sabab bölgani haqida xabar tarqatgandi.
  • Eronlik mutaxassislar ham aviahalokat samolyot dvigatelida texnik nosozlik tufayli yonğin çiqqani oqibatida röy berganini ma'lum qilişgan. Voqea guvohlari samolyot qulaşdan oldin yona boşlagani va yerga urilgaç portlab ketganini körişgan.