Davlat bojxona qömitasi Bojxona tölovlari boşqarmasi boş inspektori Ilhomjon Pardayev bilan sönggi kunlarda muhokamalarga sabab bölgan bojxona yangiliklari böyiça suhbat qildik.
– Ilhomjon, xuş kelibsiz. Köpçilik orasida “2020 yil 1 yanvardan bojxona tölovi 30 foizga oşar ekan” degan umumiy bir ma’lumot tarqaldi. Bu xabarlar qançalik asosli?
– Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi “Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun tovarlarni olib ötiş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida” PQ-4508-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boşlab, respublikamizga kirib kelayotgan jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun olib kelinayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlari bojsiz olib kirişning çeklangan me’yorlaridan ortgan holatlarda bojxona tölovlari soddalaştirilgan tartibda undirilişi yölga qöyildi. Ya’ni, bojxona boji, qöşilgan qiymat soliği va aksiz soliği örniga tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uçun 3 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda yagona bojxona tölovi stavkasi joriy qilindi.
Mazkur stavkalar Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib çiqiş mamlakatidan qat’i nazar tovarlarning barça toifalari böyiça bojxona qiymatidan kelib çiqqan holda tatbiq qilinadi.
Qaror bilan jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar röyxati ham tasdiqlandi. Ular sirasiga tibbiyot texnikasi va uskunalari, tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariya mebeli, fotolaboratoriyalar uçun apparatura va uskuna, öyin avtomatlari kabi qator tovarlar kiradi.
– Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab böldi, tabiiyki turli fikrlar bildirilmoqda. Bu bahs munozaralarni kuzatib boryapsizmi, munosabatingiz qanday?

– Albatta, faoliyatimizga oid har qanday xabar diqqat markazimizda böladi. Lekin bu qaror mohiyati töğri tuşunilişi, notöğri tatbiq qilinmasligi kerak. Mana oddiy misol bilan tuşuntirsam: 2020 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji, aksiz soliği hamda QQS stavkalari yiğindisi oziq-ovqat tovarlari uçun örtaça 37% va nooziq-oqat tovarlari uçun 45%ni taşkil etgan. Endilikda esa bularning bari uçun 30% miqdorida yagona bojxona tölovi joriy etildi.

















