2019 yil 28 dekabr kuni Samarqand şahrida joylaşgan «AMILEE BAHORA» xususiy bandlik agentligi tomonidan Yevropa davlatiga işga jönatilganlar duç kelayotgan muammolar haqida Kun.uz saytida «Fuqarolar yana bir xususiy bandlik agentligi faoliyatidan norozi» suriştiruvi e'lon qilingan edi.

Maqolada, fuqarolar xorijda işlaş uçun «AMILEE BAHORA» XBAga 25-30 mln sömga qadar pul tölagani, xorijda na va'da qilingan işga, na maoşga ega böla olmagan köpçilikni taşkil etayotgani haqida xabar qilingan edi. Umuman, uşbu bandlik agentligi bilan boğliq boşqa örganişlar natijasi ham maqolada keltirilgan edi. 

11 yanvar kuni Toşkent xalqaro aeroportiga Rigadan amalga oşirilgan parvoz kelib qöndi. Unda yuqoridagi xususiy bandlik agentligi tomonidan 30 mln söm evaziga katta va'dalar bilan Latviyaga yuborilgan ikki özbekistonlik qaytib keldi. Ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining amaliy kömagida vatanga qaytişga muvaffaq bölişdi. Kun.uz muxbiri vatanga qaytgan mehnat muhojirlarining biri bilan suhbatlaşdi. 

«Bizlar «AMILEE BAHORA» XBAga hujjatlarimizni topşirgandik. Yotoq joy bepul, maoş soatiga 8-9 yevrodan deb va'da qilişgandi. Ammo, borganimizdan keyin bularning barça quruq gap ekaniga guvoh böldik. 3 oy işlab qölimizga maoş olmadik. Juda pul kerak bölganida 50 yevrodan berib qöyişdi. Bizga qurilişda “otdelka” işlari deyişgandi, ammo “fasad” işlarini berib qöyişdi. Yaxşi bölar, degan ilinj bilan 3 oy kutdik», - deydi vatanga qaytib kelgan mehnat migranti.

Uning sözlariga köra, u bir oy Germaniyada ham bölişgan, söngra yaxşiroq iş topiş umidida Polşaga ham ötişgan. Biroq, bu ikki davlatda ham ularning umidi çilparçin bölgaç, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilişga majbur bölişgan.

U, şuningdek, xususiy bandlik agentliklari orqali xorijga işga ketmoqçi bölganlarni ehtiyotkorlikka ham çaqirdi. Ular bilan şartnoma imzolaganda imkon darajasida 3 tomonlama şartnoma tuzişga va tölovni amalga oşirişda faqatgina bankka tölaş kerakligiga e'tibor qaratdi.