Donald Tramp ma’muriyati yanvar oyi oxirida Ukrainani Qöşma Ştatlardan çiqarib yuborilgan uçinçi davlat fuqarolarini qabul qilişga «çaqirgan». The Washington Post (WP) 6 may, seşanba kuni öz qölidagi hujjatlar va Kiyevdagi manbalariga tayanib xabar berişiça, gap qança fuqarolar haqida ketayotgani aniqlaştirilmagan.
Gazetaning qayd etişiça, hujjatlardan Kiyev rasmiylari amerikalik yuqori martabali diplomat yuborgan sörovga qanday javob bergani noma’lum. Ukraina diplomati AQŞ elçixonasiga uning hukumati öz pozitsiyasini bildirganidan keyin javob berişini ma’lum qildi, xolos.
WP şuningdek, Ukraina AQŞdan uçinçi davlat fuqarolarini qabul qilmaganini va Amerika taklifini jiddiy körib çiqqaniga işora yöqligini ta’kidlaydi. Bu masala hatto Kiyevdagi hukumatning eng yuqori darajalariga ham yetib bormagan, deb yozadi gazeta Ukraina rasmiylariga yaqin manbalarga tayanib. WP'ning Kiyevdagi manbalaridan biri bu sörov böyiça Vaşington tomonidan qöyilgan «siyosiy talablar»dan xabari yöqligini aytdi.












