Kolumbiya rahbari noqonuniy muhojirlar uchun samolyot taqdim etdi
Gustavo Petro prezident samolyotini AQShdan kolumbiyalik muhojirlarning qaytishi uchun taqdim etdi va Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatining yig‘ilishini chaqirdi.

Gustavo Petro Foto: Reuters
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro AQShdan deportatsiya qilingan noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan ikki Amerika harbiy samolyotiga qo‘nishni rad etganidan so‘ng, prezident samolyotini AQShdan kolumbiyalik muhojirlarning qaytishi uchun tayyorladi. Bu haqda 26 yanvar, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida davlat rahbari devoni vakillari ma’lum qildi.
Kolumbiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Petro migratsiya inqirozini hal qilish uchun Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatining (CELAC) yig‘ilishini ham chaqirgan.
Navbatdan tashqari yig‘ilish 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi, dedi CELAC'da raislik qilayotgan Honduras rahbari Xiomara Kastro.
Kolumbiya yetakchisi Trampga: sizning blokadangiz meni qo‘rqitmaydi
Bundan tashqari, Petro Kolumbiya sanoat va savdo vaziri Luis Karlos Reyes Ernandesga Qo‘shma Shtatlardan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha tariflarni 25 foizga oshirish zarurligi haqida ma’lum qildi, deya xabar beradi dpa.
«Sizning blokadangiz meni qo‘rqitmaydi», dedi Gustavo Petro AQSh prezidenti Donald Trampga.
Amerika yetakchisi avvalroq Kolumbiyadan keladigan barcha tovarlarga 25 foizlik boj joriy etish, Kolumbiya rasmiylariga kirishni taqiqlash va bu davlatning barcha fuqarolari uchun chegara nazoratini kuchaytirishni buyurgan edi.
Bir hafta ichida qo‘shimcha tariflar 50 foizga ko‘tarilishi kerak, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
Jahon | 11:23
-
UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi
Iqtisodiyot | 11:21
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi
Jahon | 10:44
-
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Jahon | 10:32
Mavzuga oid

00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:07 / 19.03.2025
Kolumbiya senati prezidentning mehnat islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi

18:20 / 29.01.2025
Kolumbiya AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni o‘z samolyotlarida va kishansiz qaytardi

18:52 / 27.01.2025