Sport | 03:01 / 13.01.2020
9933
1 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Yuventus» Rimda g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa chiqib oldi

Foto: Twitter/JuventusFC

Italiya A Seriyasining 19-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Roma» o‘z maydonida «Yuventus»ni qabul qildi. Demiral va Ronalduning gollari turinliklarga g‘alaba keltirdi. Rimliklardan yagona javob to‘pini Perotti kiritdi.

G‘alabadan so‘ng «Yuventus» ochkolarini 48taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Roma» esa 35 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya, 19-tur

Roma – Yuventus 1:2
12 yanvar, «Stadio Olimpiko»
Gollar: Perotti (68, penalti) – Demiral (3), Ronaldu (10, penalti).
Roma: Lopes, Manchini, Florensi, Smolling, Kolarov, Veretu (Kristante, 66), Pellegrini, Dzanolo (Under, 36), Diavara, Perotti (Kalinich, 82), Jyeko. 
Yuventus: Shesni, Demiral (de Ligt, 19), Bonuchchi, Sandro, Remzi (Danilo, 69), Kuadrado, Matyuidi, Pyanich, Rabo, Ronaldu, Dibala (Iguain, 69).
Ogohlantirishlar: Veretu (9), Pyanich (12), Kolarov (15), Manchini (26), de Ligt (32), Kuadrado (45), Kristante (82), Kalinich (83), Florensi (90+5).

Mavzuga oid