Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organlari shtat taqsimotiga o‘zgartirish kiritiladi
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari shtat taqsimotiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari dasturida aytilgan.
Xususan, ichki ishlar organlarining mavjud shtat birligidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasini shakllantirish bo‘yicha umumiy soni 32ta xodimdan iborat qo‘shimcha ekspert lavozimini joriy etishni nazarda tutuvchi ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari shtat taqsimotiga o‘zgartirish kiritilishi mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish davomida aniqlangan, olingan va ixtiyoriy topshirilgan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasiga hisobga qo‘yish uchun yuborish va qaytarish tartibini belgilab beruvchi idoralararo yo‘riqnoma ishlab chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasini shakllantirish bo‘yicha ekspert lavozimiga tayinlangan hududiy ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bazasida o‘qitish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi
08:28 / 25.10.2023