Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG Electronics va Luxoft kompaniyalari CES 2020da webOS Auto ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona haqida e'lon qilishdi

Foto: LG
Kaliforniyadagi hamkorlik bozorda yetakchi o‘rinni egallash uchun webOS Auto platformasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
LG Electronics (LG) va Luxoft joriy haftada webOS Auto platformasini ilgari ishlab chiqarilgan tizimlarda mukammallashtirish bo‘yicha qo‘shma ish to‘g‘risida bitim imzolashdi.
LG prezidenti va texnik direktori, doktor I.P.Park hamda Luxoft, DXC Technology ijrochi vitse-prezidenti va bosh direktori Dmitriy Loshchinin Las-Vegasda CES® 2020 ko‘rgazmasi doirasida bitim imzolashdi. Yangi korxona Kaliforniya shtati, Santa-Klarada tashkil topadi va o‘z ishini boshqaruvchi tarkib e'lon qilinganidan so‘ng, 2020 yilning birinchi choragida ish boshlaydi.
LG va Luxoft yangi kompaniya orqali WebOS Auto platformasi asosida tayyor raqamli kabinalar, avtomobil axborot-ko‘ngilochar tizimi, orqa o‘rindiqlarda (RSE) ko‘ngilochar tizim va harakatni boshqarish tizimini mukammallashtiradi hamda uni avtomobil ishlab chiqaruvchilar, dispetcherlar va mobil aloqa operatorlari foydalanishi uchun qulay qiladi. LG WebOS Auto platformasi funksiyalar, funksional imkoniyatlarni taqdim etadi va yo‘lovchi, haydovchilarga yuqori darajadagi qulaylik hamda shinamlikni ulashgan holda o‘z ichiga ma'lumotlarni ko‘p marta qayta ishlash, bir necha monitorlar bilan ishlash, aloqa, xavfsizlikni oladi. Yangi kompaniya maksimal samaradorlik bilan loyihalashtirish borasida Luxoft global xizmatlar tarmog‘idan foydalanadi.
WebOS tufayli butun dunyo bo‘ylab uylardagi 70 milliondan ortiq aqlli televizorlarda LG foydalanuvchilarga telesanoatning eng a'lo darajadagi imkoniyatlarini taqdim etib, mehmon xonalarni modernizatsiya qiladi. Intellektual xizmatlarning ekotizimi hamda bozor yetakchilaridan kontent oqimini uzatish xizmatlarini taqdim etuvchi WebOS Auto yordamida LG transport vositalariga noyob iste'mol imkoniyatlarini taklif etgan holda o‘z tajribasini kengaytirmoqda.
«Luxoft bilan mazkur qo‘shma korxona orqali biz LG kompaniyasining IVI avtomobil platformasini kuchaytirishga hamda texnologiyalardan foydalangan holda biriktirilgan transport vositalari oqimini tezlashtirishga intilamiz», - dedi doktor Park. «Biz o‘sib borayotgan hamkor-kompaniyalar ro‘yxati bilan keng turdagi xizmatlarni taqdim etgan holda WebOS Auto ekotizimini rivojlantirishda davom etamiz».
«Mazkur yangi kompaniya ochiq platforma asosida yirik ko‘lamdagi raqamli kabinalar va ularga bog‘liq bo‘lgan mobil yechimlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish va o‘rnatish bo‘yicha Luxoft imkoniyatlarini kuchaytiradi», - deya qayd etdi Loshchinin.
«LG va Luxoft birlashuvining afzalligi avtomobil ishlab chiqaruvchilari va ularning asosiy hamkorlarining raqamli, iste'molchi sifatida tajribasi uchun WebOS Auto platformasini o‘rnatishda bebaho sinergiyani yaratadi».
LG 2020 yildagi yangi mahsulotlari CES 2020 ko‘rgazmasida 7 yanvardan boshlab Las-Vegas anjumanlar-markazidagi №11100 raqamli stendda namoyish etilmoqda. LG'ning boshqa ajoyib CES anonslarini #LGCES2020 xeshtegidan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: fb.com/LGUzbekistan
Instagram: @LGUzbekistan
Telegram: t.me/lguzbekistan
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi

23:49 / 11.11.2022
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish etdi

16:56 / 24.08.2022