Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda favqulodda vaziyat tartibi yana 3 oyga uzaytirildi
Misr parlamenti mamlakatda favqulodda vaziyat tartibining yana 3 oyga uzaytirilishiga ovoz berdi. Bu haqda Al Youm as Sabia portali xabar berdi.
Ushbu qaror 27 yanvardan butun mamlakat bo‘ylab kuchga kiradi.
Misrda favqulodda vaziyat 2017 yil aprelda Tanta va Iskandariya shaharlaridagi cherkovlarda sodir etilgan teraktlardan keyin kiritilgan. O‘shanda diniy bayram nishonlanishi vaqtida sodir etilgan portlashlarda 45 kishi halok bo‘lgan, 120 dan ko‘proq kishi yaralangan.
Bungacha Misr kuch tuzilmalariga cheksiz huquqlar bergan va 1981 yildan beri doimiy ravishda amal qilgan favqulodda vaziyat tartibi 2012 yil yanvarda bekor qilingandi. Bu 2011 yil yanvarda Misrda yuz bergan inqilob kunlari namoyishchilarning asosiy talablaridan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
19:17 / 15.02.2026