Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ma'naviy tarbiyani baholash uchun ilmiy asoslangan indikatorlar joriy etiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1059-son qarorida belgilangan.
Konsepsiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma'naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish.
Konsepsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish.
Ma'naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Homiladorlik davridan boshlanadigan va 30 yoshga to‘lguniga qadar davom ettiriladigan uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar va mahallaning rolini oshirish nazarda tutilmoqda.
Konsepsiya quyidagi to‘rt davrni qamrab oladi:
I – oilalarda (homila davri, bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);
II – maktabgacha ta'lim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
III – umumiy o‘rta ta'lim tizimida (7 (6)-10 yosh - boshlang‘ich sinf, 11-17 yosh - o‘rta va yuqori sinflar);
IV – o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari tizimida ta'lim oluvchilar, shuningdek ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar.
Hujjat 3.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
17:48 / 26.12.2025
Bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni yanada kuchaytiriladi
18:45 / 16.10.2025
Rossiyada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi
18:08 / 10.10.2025