Avtomobil yo‘llari bo‘yidagi inshootlarda tashqi reklamani joylashtirish tartibi ma'lum qilindi
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi yer uchastkalari va inshootlarida tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) joylashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, ushbu uchastkalardagi obektlarning joylashuvini kelishish hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartiblari tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi yer uchastkalari va inshootlarida tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) joylashtirilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Reklama beruvchilar (tarqatuvchilar) bilan Qo‘mita o‘rtasidagi aloqani amalga oshirish, tashqi reklama obektlarini joylashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari va inshootlarning turlari, asosiy dizayn yechimlari va reklama tuzilmalarining o‘lchamlari, ularning joylashish xaritalarini (sxemalari) ro‘yxatini tuzish, ulardan to‘lov haqlarini jamlash va belgilangan tartibda taqsimlash, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoringni tashkil etish Qo‘mita tarkibidagi “Avtoyo‘lservis” UK tomonidan mazkur Tartib asosida amalga oshiriladi.
Takliflar va murojaatlar yer uchastkalari va inshootlarda tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) joylashtirish huquqini bermaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari o‘z hududidagi tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) joylashtirish uchun beriladigan yer uchastkalari va inshootlarini aniqlash maqsadida xatlovdan o‘tkazish uchun:
joyiga chiqqan holda va mutaxassislarni jalb qilib, maxsus jihozlardan foydalangan holda obektlarni (yer uchastkalari) vizual tekshiruvdan o‘tkazadi;
obektning joylashuv joyini aniqlaydi (geolokatsiya);
tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) o‘rnatiladigan joy va obektni fotosuratga oladi;
obektning manzilini aniqlaydi;
obektning umumiy tavsifini va boshqa zarur ma'lumotlarni tuzib chiqadi;
tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) muhandislik tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalarga ulanishi yuzasidan kelishilishi lozim bo‘lgan idora va tashkilotlarni xatlov varag‘ida ko‘rsatib, barcha kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda xatlov natijalari yuzasidan takliflarni “Avtoyo‘lservis” UKga taqdim qiladi.
“Avtoyo‘lservis” UK tomonidan shakllantirilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi yer uchastkalari va inshootlarida tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) joylashtirish ro‘yxati Qo‘mitada tasdiqlangandan keyin vakolatli tashkilot va idoralar bilan kelishish jarayonini amalga oshirish maqsadida “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taqdim qiladi.
Mazkur tartib asosida “Avtoyo‘lservis” UK tomonidan tashqi reklama joyining pasportini olgan yuridik va jismoniy shaxs pasport olgan hududdagi yer uchastkalari va inshootlarida tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) joylashtirishi va ulardan foydalanishi mumkin.
Tashqi reklama joyining pasportini olmagan reklama beruvchi (tarqatuvchi)ning tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) yer uchastkalari va inshootlarida joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Reklama beruvchi (tarqatuvchi) shartnoma asosida yer uchastkalari va inshootlarda o‘z reklamasini joylashtirishni istovchi, jumladan mahalliy, xorijiy korxonalar va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ifodalashi mumkin.
Tashqi reklamani joylashtirish O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni va amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi yer uchastkalari va inshootlarida ijtimoiy reklama joylashtirilishi mumkin.
Tashqi reklama va tijorat axborotlarini tarqatish maqsadida yer uchastkalari va inshootlarda, yo‘lning konstruktiv elementlarida, shuningdek, jamoat transportining harakatdan to‘xtash joylarida, yo‘llardagi infratuzilmaning boshqa obektlarida joylashtirilgan reklama lavhalari, stendlar, osma transparantlar va turg‘un hududiy joylashtirishning o‘zga vositalari va boshqa shu kabilar tashqi reklama vositalarining obektlari hisoblanadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida reklama konstruksiyasini joylashtirish yo‘lning eng kam ajratilgan yer maydoni va xavfsizlik mintaqasi uchun ajratilgan hudud doirasida quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
I va II toifali avtomobil yo‘llarida – 50 metr;
III toifali avtomobil yo‘llarida – 20 metr;
IV va V toifali avtomobil yo‘llarida – 15 metr.
Mavzuga oid
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
21:02 / 05.11.2024