Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda 78 yoshli erkak halok bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar FVB
2020 yil 14 yanvar kuni soat 03:10da, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustavli ko‘chasi 30-uy 12-xonadonda uy jihozlari 2 kv.m. maydonida yongan.
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:33da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida 78 yoshli erkak kishi halok bo‘lgan.
Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Toshkent shahar FVB yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qolgan.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026