Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi harbiy uchuvchilarining murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, Mi-8, Mi-24 kabi vertolyotlar hamda Mig-29, Su-25 kabi qiruvchi samolyotlarning havodagi manyovrlari – jangovar imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston oliy aviatsiya bilim yurti kursantlari uchun mahorat sabog‘i bo‘ldi.
Dastavval, vertolyotlarni birvarakayiga parvozga chog‘lash, uchuv apparatlarining parvoz oldi taktik-texnik xususiyatlari, uchoq bortida va qo‘mondonlik punkti bilan aloqani tashkillashtirish xavfsizlik qoidalari, qo‘yilgan jangovar vazifa bo‘yicha havodagi harakat tartibi belgilandi.
Shundan so‘ng, qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi. Dushmanning jonli va texnik kuchiga havodan qaqshatqich zarba berish borasida qiruvchi samolyotlar hal qiluvchilardan biri sifatida xarakterlanadi. Individual mahorat va yuksak tayyorgarlik asosida harbiy uchuvchilar bu kabi mashg‘ulotlarda toblanmoqda, deyiladi ma'lumotda.







Mavzuga oid
09:04 / 03.02.2026
Aviatsiya kadrlari tayyorlash tizimi yangilanadi: universitet va texnikum tashkil etiladi
18:36 / 02.02.2026
Navoiy xalqaro aeroportida aviatsiya xizmatlari eksportini oshirish vazifalari belgilandi
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
15:20 / 21.01.2026