O‘zbekiston | 10:14 / 16.01.2020
2847
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Chexiya oliy darajadagi sammiti bo‘lib o‘tadi

Foto: TIV axborot xizmati

2020 yilning 15 yanvar kuni Hindistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichek bilan uchrashdi.

Vazirlar ikki tomonlama asosdagi va «O‘zbekiston-Yevroittifoq», «Vishegrad guruhi – Markaziy Osiyo» shakllaridagi O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat chog‘ida rejalashtirilayotgan oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi TIV xabarida.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur jabhadagi aloqalarning faollashtirilishi mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish va tovar aylanmasi hajmini oshirish, yangi zamonaviy qo‘shma korxonalarni ishga tushirish imkonini beradi.

Ikki mamlakatning turizm sohasidagi boy tajribasi, saqlanib kelinayotgan an'analari va ulkan salohiyati, ta'kidlanganidek, mazkur tarmoqdagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar beradi. Shu jihatdan 2019 yil 1 fevraldan Chexiya fuqarolariga 30 kungacha O‘zbekistonga kirish uchun vizasiz tartib joriy etilishining muhimligi e'tirof etildi.

Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi sherikchilikni yanada kengaytirishning samarali mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid