O‘zbekiston | 09:30 / 17.01.2020
9973
2 daqiqa o‘qiladi

«ERIELL Group»: Qashqadaryo viloyatidagi konlarda neft va gazning sanoat oqimi olindi

Foto: ERIELL Group

«Sho‘rtan» konidagi №324 raqamli ekspluatatsion quduqda tabiiy gazning sutkasiga 81,033 ming kubometr debitli sanoat oqimi olishga erishildi. Quduqning amaldagi chuqurligi uch ming metrni tashkil qiladi.

Kompaniya mutaxassislarining sa'y-harakatlari va hamjihatlikda ishlashlari tufayli quduqni jihozlash belgilangan muddatdan besh kun oldin yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, «Sho‘rtan» Qashqadaryo viloyatidagi yirik gazokondensat koni bo‘lib, u muntazam kengayib bormoqda. Bu kon hissasiga O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 35 foizi to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, «Shumak» konidagi №10 raqamli, chuqurligi 2196 metrdan iborat quduqda taxminiy sutkalik debiti 9,93 kubometr gaz va 8,496 kubometr neft oqimi olish imkoni yaratildi.

Yangi konlarni o‘zlashtirish «O‘zbekneftegaz» AJning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Davlat dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid