Jahon | 23:26 / 17.01.2020
13821
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya Turkmanistonga poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan 1,3 mln dollarni qaytaradi

Foto: Getty Images

Shveytsariya Turkmanistonga poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan 1,3 mln dollarni qaytarmoqda. Bu haqda Shveytsariya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.

Biroq xabarda ushbu pullar kimdan va qachon musodara qilinganiga aniqlik kiritilmagan. 

Shveytsariya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Turkmanistonga qaytariladigan pullar BMTning sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihasiga yo‘naltiriladi.  

Bu haqidagi kelishuv 15 yanvarda Byornda Shveytsariya, Turkmaniston va BMTning Taraqqiyot dasturi o‘rtasida imzolangan. Loyiha doirasida qaytariladigan pullarga silni davolash uchun dori-darmon sotib olinadi.

Rasmiy xabarda ma'lum qilinishicha, pullar Shveytsariyaning siyosiy shaxslarning noqonuniy boyishiga qarshi kurashish strategiyasi doirasida musodara qilingan.

Bu turkmanistonlik siyosatchilar noqonuniy qo‘lga kiritgan pullarning Turkmanistonga birinchi marta qaytarilishi emas.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid