O‘zbekiston | 07:57 / 18.01.2020
47297
55 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar qurol sohasida ruxsatnomani qanday tartibda olishi ma'lum bo‘ldi (batafsil)

Foto: RIA Novosti/Vitaliy Ankov

Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida jismoniy shaxslarga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar quyidagi ruxsatnomalar hisoblanadi:

fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini olishga doir;

fuqaroviy qurol, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir;

fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir;

sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik sport qurolini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini saqlashga doir;

soyli stvolli sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini tashishga doir;

qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalashga doir;

qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishga doir;

fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;

fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir;

fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir.

Og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan kam va kalibri 4,5 millimetrga qadar bo‘lgan pnevmatik ov qurolini hamda og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan kam bo‘lgan pnevmatik sport quroli va ko‘rsatib o‘tilgan qurol turlarining o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish Milliy gvardiya organlari ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi.

Tig‘li sovuq ov va signal beruvchi ov qurolini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish Milliy gvardiya organlari ruxsatnomalarisiz ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

O‘qotar ov quroli va og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik qurolining o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash va olib yurish, tashish Milliy gvardiya organlari tomonidan berilgan o‘q-dorilarning turi va kalibriga mos ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

Silliq stvolli o‘qotar ov quroliga shaxsiy foydalanish uchun ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan patronlar uchun foydalaniladigan initsiyalanadigan va olovlanadigan modda va materiallarni (porox, kapsyullar) olish, realizatsiya qilish, saqlash, tashish Milliy gvardiya organlarining silliq stvolli o‘qotar ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

O‘qotar ov, silliq stvolli sport, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilari, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini tashish Milliy gvardiya organlarining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.

Jo‘natuvchilari yoki qabul qiluvchilari chet davlatlarining mudofaa vazirligi, ichki ishlar, xavfsizlik organlari, chegara qo‘shinlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari harbiy qismlari bo‘lgan fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol hamda uning o‘q-dorilarini tranzit qilish maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalar berish, berishni rad etish, ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda ularni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar Milliy gvardiya markaziy devoni, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari (vakolatli organ) tomonidan qabul qilinadi.

Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish sud qarori asosida ham amalga oshirilishi mumkin.

Ruxsatnomalar Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari tomonidan beriladi, ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan ruxsatnomalar bundan mustasno.

Fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga, soyli stvolli o‘qotar qurolini, shu jumladan kombinatsiyalangan o‘qotar qurolni, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomalar Milliy gvardiya markaziy devoni tomonidan beriladi.

 Quyidagilar qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:

a) qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi qonunchilikka rioya qilish;

b) qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishi, saqlash xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini ta'minlash hamda ulardan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan choralarni ko‘rish;

v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik:

“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 19-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilari;

shikastlovchi ta'siri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol hamda uning o‘q-dorilari;

g) ruxsatnomada ko‘rsatilgan qurol va uning o‘q-dorilari doirasida va ularga oid harakatlarni shaxsan bajarish va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirish;

d) arizachining yigirma bir yoshga (fuqaroviy ov, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilariga egalik qilish uchun) va o‘n sakkiz yoshga (fuqaroviy sport quroli va uning o‘q-dorilari, o‘zini o‘zi himoya qilish quroliga egalik qilish uchun) yetgan bo‘lishi;

ye) arizachining doimiy yashash joyiga ega bo‘lishi hamda “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 13-moddasi to‘qqizinchi qismining uchinchi, beshinchi, oltinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

j) jamoat tartibiga, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik, badanga yengil shikast yetkazganlik va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlaganlik, olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun bir yil davomida takroran ma'muriy javobgarlikka tortilmaganligi (O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno);

z) ov qoidalarini buzganlik uchun bir yil davomida takroran ma'muriy javobgarlikka tortilmaganligi (fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilariga egalik qilish uchun);

i) ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) qurol bilan xavfsiz muomalada bo‘lish qoidalariga oid bilimlarining tekshiruvidan, shuningdek qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi to‘g‘risidagi tibbiy tekshiruvdan o‘tishi (qurol bilan mukofotlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno);

k) doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi bo‘yicha propiska qilingan kundan e'tiboran o‘n kun muddat ichida tegishli vakolatli organga o‘ziga tegishli fuqaroviy qurolni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘rish;

l) qurol va uning o‘q-dorilarini olish, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomaning muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida o‘ttiz ish kunidan oldin, boshqa turdagi ruxsatnomalar muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ularning muddatlari tugashidan kamida o‘n ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish;

m) amal qilishini tugatish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lgan holatlar yuzaga kelgandan keyin qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalarni o‘n kunlik muddatda vakolatli organga qaytarish;

n) qurol to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun Milliy gvardiya organlari xodimlarining qurol va uning o‘q-dorilari saqlanadigan joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini ta'minlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish;

Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat berishga doir qo‘shimcha talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:

a) fuqaroviy qurol, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini olish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol va uning o‘q-dorilarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali sotib olish;

qurol va uning o‘q-dorilarini olgandan so‘ng o‘n kunlik muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning o‘q-dorilarini ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish;

b) fuqaroviy, kolleksiyalash va mukofot quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol va uning o‘q-dorilarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish;

qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilgandan so‘ng o‘n kunlik muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomaga o‘zgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomaning aslini (to‘liq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish;

v) fuqaroviy va mukofot quroli hamda uning o‘q-dorilarini saqlash bo‘yicha:

o‘qotar ov quroli, og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov quroli, signal beruvchi qurol va uning o‘qdorilari, tig‘li sovuq ov quroli, kolleksiyalash va mukofot qilingan qurol hamda uning o‘q-dorilarini doimiy yashash joyida qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;

kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash pultiga ulangan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlangan xonalarda saqlash;

og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik sport qurolini, tig‘li sovuq sport qurolini va sport uloqtirish qurolini sport (o‘q otish) obektlari hududidagi jihozlangan qurolxonalaridagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;

qurolni seyflarda yoki metall shkaflarda, uning o‘q-dorilarini esa – ushbu seyflar yoki shkaflar ichidagi qulflanadigan alohida qismida (bo‘linmasida) yoki alohida qulflanadigan seyflarda yoxud metall shkaflarda saqlash;

g) soyli stvolli o‘qotar sport quroli va uning o‘q-dorilarini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini tashish bo‘yicha:

qurolni jildlarda, qinlarda yoki maxsus (moslashtirilgan) g‘iloflarda o‘qi chiqarib olingan holatda o‘q-dorilaridan alohida tashish;

begona shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish;

o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash;

d) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish bo‘yicha:

qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga binolarini ijara olish (ular o‘z egaligida bo‘lmaganda), qurolni va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish tartibi, qurol va ularning but saqlanishini ta'minlash bo‘yicha shartnomalarni tuzish;

ko‘rgazmani yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlashning muhandislik-texnik va videokuzatuv vositalari hamda Milliy gvardiya organlari texnik qo‘riqlash pultiga ulangan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan statsionar turdagi bino va inshootlarda tashkil etish;

ko‘rgazmaga (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qo‘yilgan qurol va uning o‘q-dorilarini but saqlanishi, saqlash xavfsizligini ta'minlash, qurol va uning o‘q-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish;

ko‘rgazmaga qo‘yish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqib, ko‘rgazma o‘tkazish joyidagi Milliy gvardiya organiga kelishish uchun taqdim etish;

qurol va uning o‘q-dorilarini boshqa predmetlar bilan birga ko‘rgazmaga qo‘ymaslik, qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash mo‘ljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek tarixiy-madaniy ko‘rgazmalar eksponatlari bundan mustasno;

qurolni va uning o‘q-dorilarini muzeybop tarzda ko‘rgazmaga quyishni ularni Milliy gvardiya organlarining texnik-qo‘riqlash pultiga ulangan qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlash yopiq (qulflanadigan) vitrina va stendlarda amalga oshirish;

qurolni va uning o‘q-dorilarini but va xavfsiz saqlanishini ta'minlash, ular joylashtiriladigan va saqlanadigan joylarga begona shaxslar kirishini istisno etish;

 qurolning o‘q-dorilarini o‘qsizlantirilgan xolda ko‘rgazmaga qo‘yish;

ko‘rgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashishga doir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ruxsatnomalarini olish, ularni tashish, ko‘rgazma o‘tkazilayotgan obekt hududida ularni qabul qilish va joylashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda);

ye) qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish bo‘yicha:

ushbu bandning “g” kichik bandida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan ov va sport quroli va uning foydalanilmagan o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini ov to‘g‘risidagi shartnomada, sport musobaqalarida qatnashish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun);

O‘zbekiston Respublikasida olingan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini ular olingan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun);

j) qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha:

tranzit qilinadigan qurol va uning o‘q-dorilarini jo‘natuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni taqdim etish;

ushbu bandning “g” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;

o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari (avtomobil transportida tashishda) yoki “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash.

 Ruxsatnoma olish uchun arizachi yashash joyidagi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Nizomning 10-ilovasidagi shaklga muvofiq ruxsatnoma berish to‘g‘risida quyidagilar ko‘rsatilgan ariza:

familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, pasport (yashash guvohnomasi) seriyasi va raqami, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash manzili, murojaat uchun telefon raqamlari;

arizachining bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi bo‘lgan harakati va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, harakatni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli va kalibri) va uning o‘q-dorilari (turi, kalibri) to‘g‘risida ma'lumot;

qurol va uning o‘q-dorilarni joylashtirish, saqlash joyi;

harakatni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun taxminiy muddat (zarur bo‘lganda).

Arizada qo‘shimcha ravishda quyidagilar ko‘rsatiladi:

a) fuqaroviy va kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol hamda uning o‘q-dorilari realizatsiya qilishda – realizatsiya qilish rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsning nomi va manzili to‘g‘risida ma'lumotlar;

b) o‘qotar sport quroli va uning o‘q-dorilari, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq pnevmatik sport quroli va uning o‘q-dorilari, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini saqlashda – sport (o‘q otish) obektining nomi va joylashgan joyi to‘g‘risida ma'lumotlar;

v) soyli stvolli o‘qotar sport quroli va uning o‘q-dorilari, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini tashishda – sport musobaqalari va o‘quv-mashq yig‘inlari tashkilotchisi va o‘tkazish joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda – tashish uchun jalb qilingan transport vositalarining rusumi va ro‘yxatdan o‘tgan davlat belgilari) to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

g) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda – ko‘rgazmaga joyi, shuningdek har kuni ko‘rgazma ish vaqti tugagach qurol va uning o‘q-dorilarini topshirish uchun ular but saqlanishini ta'minlaydigan qurolxona to‘g‘risidagi ma'lumotlar (ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilari ochiq vitrina va stendlarga joylangan xollarda);

d) fuqaroviy, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda - O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari, jo‘natuvchi va qabul qiluvchi davlatlar, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda – transport vositalarining rusumi va ro‘yxatdan o‘tgan davlat belgilari), olib kirishning (olib chiqish, tranzit) taxminiy vaqti, shuningdek tranzit ishtirokchilari – davlatlar hududi bo‘ylab harakatlanishning taxminiy yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar (tranzit qilishda).

Jismoniy shaxslarga qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi
ohasida ruxsatnomalar berish
SXeMASI
 

Bosqichlar

 

Sub'yektlar

 

Tadbirlar

 

Muddati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I-bosqich

 

Arizachi- jismoniy shaxs

 

1. Nizomning 11-ilovasida nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar bilan arizani tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni vakolatli organga ko‘rib chiqish uchun bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali kiritadi.

 

Arizachining xohishiga ko‘ra

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II-bosqich

 

Vakolatli organ

 

1. Hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib, nusxasi hujjat olingan sana ko‘rsatilgan xolda arizachiga zudlik bilan yuboradi (beradi).

2. Arizani ko‘rib chiqadi, ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

3. Ruxsatnomani arizachiga beradi (yuboradi) yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.

4. Ruxsatnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, arizachiga rad etishning aniq sabablari va arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, qayta ko‘rib chiqishga hujjatlarni taqdim etishi uchun yetarli muddat ko‘rsatilgan xolda xabarnoma yuboriladi.

5. Reyestrga tegishli yozuvlarni kiritadi.

 

1. Hujjatlar qabul qilingan kunda darxol.

 

2. Nizomning 8-ilovasiga muvofiq.

 

3-4. Tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng bir kun ichida.

 

 

 

 

 

 

5. Arizachiga ruxsatnomani berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

III-bosqich

 

Arizachi- jismoniy shaxs

 

Ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etishi mumkin.

Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng taqdim etilgan ariza yangitdan kiritilgan deb hisoblanadi.

 

Rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar va rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e'tiboran besh ish kunidan kechiktirmay.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IV-bosqich

 

Vakolatli organ

 

Arizachi tomonidan belgilangan muddatda ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishni amalga oshiradi.

 

Rad etish sabablarini bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar va rad etish sabablarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e'tiboran besh ish kunidan kechiktirmay.

 

 

 

Ruxsatnoma berish doir arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari, ruxsatnomalarning amal qilish muddati hamda
qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar
RO‘YXATI
 

T/r

Ruxsatnoma

nomi

Sodir etish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladigan harakat va (yoki) faoliyat

Ruxsatnoma olish uchun talab qilingan hujjatlar ro‘yxati

Arizani ko‘rib chiqish muddati

Ruxsatno-maning amal qilish muddati

1.

Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini olishga doir ruxsatnoma

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurolni olish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olish

 

 

 

 

 

Kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilarni olish

1 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurolni olish uchun:

a) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi);

b) ilk bor qurol olgan, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolidan tashqari fuqarolar uchun – ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan (ov qurolini olish uchun) hamda otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan (sport qurolini olish uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oid bilimi tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;

v) qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa (ilk bor qurol olayotgan fuqarolar uchun, o‘zini o‘zi himoya qilish quroli bundan mustasno – qurolni saqlash va olib yurish ruxsatnomasini muddatini uzaytirishda);

g) ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun);

d) ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);

ye) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan, sport qurolidan foydalanish bilan bog‘liq sport turi ko‘rsatilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun);

j) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

Harbiy xizmatchilar, maxsus organ va harbiy tuzilmalarning xodimlari qurolni olishda mazkur bandning “a”, “g”, “d”, “ye” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujatlarni, shuningdek, maxsus organ yoki harbiy tuzilmalarda xizmatni o‘tayotganliklari, harbiy yoki maxsus unvonini hamda adliya malaka darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

2. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olish uchun:

a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi);

b) arizachi o‘zi fuqarosi xisoblangan chet davlatning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi va ularga tenglashtirilgan tashkilotning iltimosnomasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

3. Kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilarni olish uchun:

a) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi);

b) qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa (ilk bor qurol olayotgan fuqarolar uchun, o‘zini o‘zi himoya qilish quroli bundan mustasno – qurolni saqlash va olib yurish ruxsatnomasini muddatini uzaytirishda);

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

30 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

30 ish kuni

3 oy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik yashash davrida, ammo
30 kundan oshmagan muddatda

 

 

3 oy

2.

Fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma

Fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish

Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

30 kun

3.

Fuqaroviy qurolni va mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma

Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish

 

1. Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun:

a) fuqaroviy qurolni ro‘yxatdan o‘tkazishda – fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan qurol olishga doir ruxsatnoma (saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga o‘zgartirish kiritish uchun).

b) fuqaroviy qurolning muvofiqlik sertifikati (agarda u O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan bo‘lsa);

v) o‘lchami 30x40mm bo‘lgan 2 ta fotosurat;

g) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

2. Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun:

a) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma);

b) mukofotlashga oid hujjatlar yoki ulardan beruvchi organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxa (maxsus organ yoki harbiy tuzilma rahbarining buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, chet davlatlar rahbarlarining hamda chet davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari);

v) 30x40mm o‘lchamdagi 2 dona fotosurat;

g) mukofot qilingan qurol talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida ko‘zdan kechirish uchun qurol va uning o‘q-dorilari (chet davlatlar rahbarlarining hamda chet davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari asosida olingan qurol va uning o‘q-dorilari uchun);

d) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 ish kuni

3 yil

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

muddatsiz

4.

Sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq  bo‘lgan pnevmatik sport qurolini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini saqlashga doir ruxsatnoma

Sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq  bo‘lgan pnevmatik sport qurolini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini sport (o‘q otish) obekti hududida saqlash 

a) sport qurolini ro‘yxatdan o‘tkazishda – fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan qurol olishga doir ruxsatnoma (saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga o‘zgartirish kiritish uchun);

b) fuqaroviy qurolning muvofiqlik sertifikati (agarda u O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan bo‘lsa);

v) 30x40mm o‘lchamdagi 2 dona fotosurat;

d) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sport (o‘q otish) obekti hududidagi qurolxonada sport quroli va uning o‘q-dorilari saqlanishini ta'minlash to‘g‘risidagi hujjat (tasdiq);

ye) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

3 yil

5.

Soyli stvolli sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma

Soyli stvolli sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurolini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini tashish

1. Sport quroli va uning o‘q-dorilarini tashish uchun:

a) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsning sport tadbirlari yoki o‘quv-mashq otishlari va boshqa otishlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjat (buyruq, kalendar reja-grafigi yoki ulardan ko‘chirma, sport tadbirida ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

2. Kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini tashish uchun:

a) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

b) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

3. Ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini tashish uchun:

a) ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi;

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

90 kun

6.

Qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma

Qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash

a) qurolni saqlashga mo‘ljallangan xonada yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi hamda jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi;

b) qurolni saqlashga mo‘ljallangan xona Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash pulti orqali qo‘riqlovga olinganligi yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi;

v) o‘rganishlar, tadiqiqotlar, ko‘riklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashning natijalari bo‘yicha hulosa (mavjud bo‘lsa);

g) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

30 ish kuni

3 yil

7.

Qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnoma

Qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish

a) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish uchun xonalarni ijara olish (o‘z egaligida bunday xonalar bo‘lmaganda), qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish tartibi, ularning but saqlanishini ta'minlash bo‘yicha ushbu xonalar qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari hamda jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nushalarini ilova qilgan xolda shartnomalar hamda Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash pulti orqali qo‘riqlovga olinganligi yuzasidan tuzilgan shartnoma nushasi;

b) ko‘rgazmaga qo‘yish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalari (kelishish uchun);

v) ko‘rgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashishga doir ruxsatnomalarini olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilari olib kirayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda);

g) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

30 ish kuni

Ko‘rgazma davomida, ammo 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

 

8.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma *

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning o‘q-dorilarini, sport quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini qaytib olib chiqish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish

 

 

1. Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun:

a) olib kirilayotgan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining o‘rnatilgan tartibda davlat yoki rus tiliga tarjimasi tasdiqlangan nusxalari;

b) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

2. Mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun:

a) o‘tnatilgan tartibda davlat yoki rus tiliga tarjimasi tasdiqlangan chet davlatlar rahbarlari va chet davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari yoki ularni bergan organ tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmalari;

b) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

3. Ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun:

a) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

b) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

4. O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida ov, sport va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurolni hamda uning o‘q-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida – foydalanilmagan o‘q-dorilar) qaytib olib chiqish sharti bilan olib kirish:

a) ov qilish faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 ish kuni

90 kun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ov yoki tadbir davrida, ammo 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

 

9.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma *

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning o‘q-dorilarini, sport quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va uning o‘q-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish

1. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun:

a) Qurol hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan Milliy gvardiya organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi;

b) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

2. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun:

a) Qurol hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan Milliy gvardiya organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi;

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

3. Chet davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadlarida ov, sport va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurolni hamda uning o‘q-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida – foydalanilmagan o‘q-dorilar) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish:

a) ov qilish faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash organlari (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

4. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun:

a) fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan qurol olishga doir ruxsatnoma.

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 ish kuni

90 kun

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ov yoki tadbir davomida, ammo 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

90 kun

10.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning
o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning
o‘q-dorilarini, kolleksiyalash uchun mo‘ljallangan qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurol  va o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish

a) tranzit qilinayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini jo‘natuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar nusxalari;

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan (temiryo‘l transportida tashishda) kuzatib borilishini ta'minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

90 kun

Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish) qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda, ushbu qurollar va uning o‘q-dorilarini tashish ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid