Jamiyat | 19:51 / 18.01.2020
16730
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda YPX inspektorlarini urib qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 yanvar kuni soat 11:25 larda THAY - Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida 1993 yilda tug‘ilgan D.Sh. ishonch kog‘ozi asosida “Spark” rusumli transport vositasini xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib ketayotganligi sababli shu yerda xizmat olib borayotgan YPXB inspektori B.Sultonov haydovchiga to‘xtash to‘g‘risida ishora bergan. Haydovchi xodimning talabiga bo‘ysunmasdan uni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

So‘ngra Ziyolilar - T. Malik ko‘chalari chorrahasida uni to‘xtatish maqsadida oldiga chiqqan YPXB inspektori O‘. Qo‘chqorovning ham talabiga bo‘ysunmasdan, avtomobilda inspektorni urib yuborib voqea joyidan yashiringan. Natijada O‘. Qo‘chqorov olgan tan jarohati sababli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi D.Sh. ushlangan. Uning hujjatlari tekshirilganda transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texpasport) bo‘lmaganligi aniqlangan.

Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid