Bir neça oy muqaddam Kun.uz sayti orqali Sirdaryoga Xitoydan kelin tuşirgan oila haqidagi «Unga Kumuş deb ism qöyganmiz. Xitoydan kelin olgan özbek xonadoniga taşrif» sarlavhali maqola va lavha e'lon qilingan edi. Maqola muhokamalarga sabab böldi, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirganlar orasida töydan keyin qaynona va kelin munosabatlariga qiziqiş bildirganlar ham yetarliça topildi.

Oradan bir qança vaqt ötgandan söng yoş kelin-kuyov yana taşabbus bilan çiqib, lavhaning davomini qiliş taklifini bildirişdi. Taklifga binoan ijodiy guruhimiz Sirdaryo viloyati Guliston şahridagi «Uluğobod» mahallasida yaşayotgan oilada mehmon böldik.

«Ötgan 4 oy davomida ota-onamdan şikoyat tuşgani yöq»

Töydan keyin Misrga öqişga ketdim. Ötgan 4 oy davomida ota-onamdan şikoyat tuşgani yöq. Hammasi joyida. Kelin ota-onamning xizmatlarini qilib yuribdi. Boşlanişida qiyin böldi. Öqituvçi yolladik. Kundalik hayotda işlatiladigan eng muhim gaplarni örgatdi. Idiş-tovoq yuviş, pol artiş, hovli supuriş va hokazolar.

«Har zamonda svet, gaz suv öçib turadi. Qolgani yaxşi»

Özbekistonda yaşaş yaxşi. Tabiati, iqlimi. Özimizga töq yaşaymiz. Faqat har zamonda elektr, suv va gaz öçib turadi. Lekin örganib qoldik. Qolgan şaroitlar yaxşi.

«Qaynonamni tuşunmasam «gugl» orqali tarjima qilaman»

Qaynonam bilan tuşunmovçilik bölmagan. Agar gaplarini tuşunmay qolsam, telefonimni olib «Google translate» orqali gaplarini tarjima qilaman.  Men gapirişga qiynalaman. Şunda qaynonam mening nima demoqçiligimni, nima qilmoqçiligimni kutib turadi.

«Men uçun eng qiyin iş bu - ovqat qiliş»

Men uçun eng qiyin iş ovqat qiliş. Sababi ovqatni buzib qöyişdan qörqaman. Çunki xitoyça ovqatlarning ta'mi bilan bu yerdagi ovqatlarning ta'mi boşqa-boşqa. Özbek taomlaridan şörva, manti va çuçvara qilişni bilaman.