Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» yangi transferini e'lon qildi
«Real» Braziliyaning «Flamengo» klubi xavbeki Reynerning transferini e'lon qildi.
18 yoshli braziliyalik futbolchi madridliklar klubi bilan 6,5 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Xabarlarga ko‘ra, Madrid klubi Braziliya olimpiya jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi transferi uchun 30 million yevro to‘lagan. Summaning 80 foizi (24 mln yevro) «Flamengo»ga, yana 10 foizdan (3 mln yevro) futbolchining oilasi va agentiga tegadi.
Reyner 9 fevral kuni «Real»ning ikkinchi jamoasi «Kastilya» safiga qo‘shiladi.
Mazkur havbek joriy mavsumda Braziliya chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushgandi.
Ma'lumot uchun, «Real» 2018 yilning yozida Braziliyaning «Flamengo» klubidan Vinisius Juniorni, 2019 yilda Braziliyaning boshqa bir klubi «Santos»dan Rodrigoni transfer qilgandi.

Mavzuga oid
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
16:41 / 10.03.2026