Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qator ichki ishlar xodimlari ishdan bo‘shatildi
Foto: IIB axborot xizmati
Joriy yilning 20 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari tomonidan 2019 yilning 12 oyi davomida amalga oshirgan ishlar va yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov yig‘ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikromov so‘z oldi.

Tahlillar asosida mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda muntazam kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan bir qator rahbar, xodimlarga, hududiy profilaktika inspektorlariga nisbatan tegishli intizomiy choralar qo‘llanilib, ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, ba'zilari esa ichki ishlar organlari safidan bo‘shatildi.
Yig‘ilish so‘ngida general-mayor A. Ikromov har bir xodim xizmat intizomi va qonuniylikka qat'iy amal qilishi lozimligi, quyi tizimdan, ya'ni mahallada faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori bilan kunlik faoliyatini olib borishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olishni mahalladan boshlashi kerakligi to‘g‘risida ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025