Xorijda bölgan (bölib turgan) Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning konsullik röyxatini yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnoma tasdiqlanadi.
Yöriqnoma loyihasida aytilişiça, xorijda doimiy yaşayotgan yoki vaqtinça bölib turgan Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtinça konsullik röyxatiga olinişi lozim.
Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni doimiy yoki vaqtinça konsullik röyxatiga oliş mazkur fuqarolar turgan konsullik okrugi hududiga tegişli bölgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekiston konsullik muassasalari tomonidan konsullik röyxatiga oliş tartib-taomili Özbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsning interaktiv xizmatlar saytidagi elektron arizasi asosida muvofiq şakllar böyiça (elektron anketani töldirişning imkoni bölmaganda muvofiq şakllar böyiça) rasmiylaştiriladigan elektron röyxat varaqasini yuritiş yöli bilan amalga oşiriladi. Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni doimiy konsullik hisobiga oliş uçun konsullik yiğimlari, mazkur konsullik harakatini amalga oşirilganligi bilan boğliq haqiqiy xarajatlarning örnini qoplaş hisobidan yiğimlar undiriladi.
16 yoşga tölmagan bolalarga konsullik yiğimlarini olmagan holda alohida elektron röyxat varaqasi töldiriladi.
16 yoşga tölmagan bolalarning nobiometrik pasporti, biometrik pasporti, xorijga çiqiş biometrik pasporti, fuqaroligi bölmagan şaxsning biometrik harakatlaniş hujjati bölmaganda, şuningdek ota-onasining yoki ulardan birining nobiometrik pasportiga yozilgan holda xorijga çiqib ketgan şaxslar bölganda hisobga oliş ularning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasi asosida amalga oşiriladi.
Doimiy yoki vaqtinça konsullik hisobiga olingandan keyin hisob ma'lumotlariga özgartirişlar (familiya, ism, otasining ismini, yaşaş manzilini özgartiriş va h.) kiritilganda elektron röyxat varaqalariga tegişli qaydlar va qöşimçalar qilinadi.
Quyidagi hollarda fuqaro konsullik röyxatidan çiqarilişi mumkin:
doimiy yaşaş joyining özgarişi;
vaqtinça turiş muddatining tugaşi;
Özbekiston Respublikasi fuqaroligidan çiqişi (fuqaroligini yöqotişi);












