Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri buyruği bilan Alohida asoslarga köra mehnat şartnomasi bekor qilinganda işdan böşatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlaş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartirişlar kiritildi.

Hujjat "Aholi bandligi töğrisida"gi ÖRQ-642-son qonunga muvofiq qabul qilingan.

Yöriqnoma quyidagi sabablarga köra işdan ozod etilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlaş tartibini belgilaydi: texnologiyadagi, işlab çiqariş va mehnatni taşkil etişdagi özgarişlar, xodimlar soni (ştati) yoki iş xususiyatining özgarişiga olib kelgan işlar hajmining qisqargani yoxud korxonaning tugatilgani.

Mazkur şaxslarga ular rasman işsiz deb e'tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bölgan taqdirda muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga köra pensiya tayinlaş muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga çiqiş huquqi taqdim etiladi:

  • erkaklar - 58 yoşda bölib, mehnat staji 25 yildan kam bölmagan taqdirda;
  • ayollar - 53 yoşda bölib, mehnat staji 20 yildan kam bölmagan taqdirda.

Birinçidan, "Aholi bandligi töğrisida"gi qonun yangi tahriri qabul qilinişi munosabati bilan ularga muvofiq Yöriqnoma qabul qilingan NHHlar aniqlaştirildi - "Aholi bandligi töğrisida"gi qonun 49-moddasi 8-qismi, "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida"gi qonun 14-moddasi, MKning 100-moddasi 2- qismi 1-bandi.

Ikkinçidan, belgilanişiça, işdan ozod etilgan şaxslar mehnat şartnomasi bekor qilingan kundan söng 30 kalendar kun içida hududiy aholi bandligiga kömaklaşiş markaziga murojaat qilsa, markaz xodimlari 3 oylik davr içida (ilgari - agar işdan ozod etilganlar 10 kun içida murojaat qilsa) maqbul keladigan işni topişda yordam berişlari kerak. Agarda ozod etilgan şaxslar 30 kalendar kundan keyin murojaat qilsa, aholi bandligiga kömaklaşiş markazi xodimlari 10 kun muddat içida maqbul keladigan işni topişda yordam berişlari kerak.

Boşqa özgartirişlar va qöşimçalar ham kiritilgan.