Yangiyo‘lda 45 million so‘mlik kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni sotishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan 9 yanvar kuni Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Z.T. qo‘lga olinib, undan taxminiy narxi 45 million so‘mlik jami 80 ta konvalutada 1 120 dona «Regapen» hamda 250 quti «Tropikamid» kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tezkor tadbir davomida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida ro‘yxatda turib, vaqtincha Yangiyo‘lda yashayotgan, xususiy dorixona ish boshqaruvchisi Z.T. yashash xonadoni oldida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qora rangli charm sumka va polietilen paket ichida 40 ta konvalutaning har birida 14 donadan jami 560 dona «Regapen» va 175 dona «Tropikamid» kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni sotish maqsadida saqlab yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Olib borilgan surishtiruv davomida, u dori vositalarining bir qismini vaqtincha yashab turgan uyida saqlab kelayotganligini ma'lum qilgan. Shundan so‘ng uning xonadonidan yana 40 ta konvalutaning har birida 14 donadan jami 560 dona «Regapen» va 75 dona «Tropikamid» kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Z.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi «Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish» 3-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
10:00 / 08.10.2024