Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlar Tramp Erdo‘g‘anga tan berishi haqida ma'lum qilishdi
Foto: Kevin Lamarque/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning siyosatdagi qattiqqo‘lligiga tan beradi. Bunday ma'lumotlar The Washington Post nashrining muxbirlari Filip Raker va Kerol Leonnigning 21 yanvarda AQShda sotuvga chiqqan kitobida keltirilgan. Kitob ko‘plab manbalar bilan suhbatlar asosida yozilgan.
“U [Tramp] Erdo‘g‘anning Turkiyani qattiqqo‘llik bilan boshqarishi va siyosiy raqiblarini osonlikcha chetlatishiga tan bergan holda, anchadan beri undan hayratlanib keladi”, deb aytilgan kitobda. Kitobning nomi “Juda barqaror daho” deb nomlanib, Tramp 2018 yil yanvarda siyosiy raqiblari tanqidiga javoban o‘zini aynan shunday ta'riflagan edi.
Raker va Leonnigning yozishicha, unga va boshqa siyosatchilarga jamoatchilik qanday munosabatda bo‘lishiga katta e'tibor qaratuvchi Trampga Erdo‘g‘andagi “keskin buyruq ohangi” yoqadi. “Unda [Erdo‘g‘an ovozida] kuchli va etni junjituvchi bir narsa bor”, deb aytgan Tramp yordamchilaridan biri.
Bundan tashqari, kitobda yozilishicha, Tramp Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish qarorini Erdo‘g‘an bilan 2018 yil dekabrdagi telefon suhbatidan keyin qabul qilgan. Mualliflarning yozishicha, Trampning bu qarori AQSh ma'muriyatidagi yuqori lavozimli mansabdor shaxslarni esankiratib qo‘ygan. Ta'kidlanishicha, o‘shanda Pentagonni boshqargan general Jyeyms Mettis Trampning bu qaroriga qat'iyan qarshi bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
23:10 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari muzokaralar natijalarini sarhisob qildi
22:34 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Qo‘shma bayonot hamda hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
20:57 / 29.01.2026