Sönggi bir oy içida Kun.uz saytida uşbu taşkilot nomi bilan boğliq ikkita maqola e'lon qilindi.

Dastlab xorijga qonuniy işga joylaşiş umidida mazkur korxonaga pul berib, kuyib qolayotganlar taqdiri, keyinroq esa xuddi şu korxona tomonidan işga yuborilib, sarson bölib qaytib kelganlar hasrati olib çiqildi. Afsuski, muammoga tegişli taşkilotlar e'tibor qaratmagan şekilli, mana, uçinçi ariza qölimizda turibdi. Unda firmadan jabr körgan yetti nafar fuqaro dardi bitilgan.

Samarqand şahrida joylaşgan «AMILEE BAHORA» xususiy bandlik agentligiga borgaç, u yerda yiğilgan qirqqa yaqin jabrlanganlarni körib, qölimizdagi ariza oxirgisi bölmasligiga amin böldik. Çunki firma faoliyatidan jabrlanganlar soni tobora ortib bormoqda.

«Bizni eşitadiganlar bormi?!»

Agentlik faoliyatidan norozi bölganlar orasida nafaqat Samarqand, balki Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan fuqarolar ham bor.

«Mol aççiği – jon aççiği», degan naql bejiz aytilmagan. Bu iboraning hayotiy aksini şu kunlarda har qança sovuq jonni açitsa-da, taşkilot eşigida sarğayib turganlar misolida köriş mumkin.

Murojaatçilarning aksariyati bir gapni takrorlamoqda: «Şartnoma muddati 2019 yil 31 dekabrga qadar belgilangan edi. Vaqt tugadi, ammo biz na xorijda işlayapmiz, na pulimizni qaytarib ololdik!».

Darhaqiqat, pulingni qaytarib beraman degan va'daga işonib, uzoq-yaqin viloyatlardan kelgan, bir neça haftalarini köçada sarsongarçilik bilan ötkazib yuborayotganlar talaygina.

Masalan, buxorolik Maftuna Roziqova ham şartnoma şartlari bajarilganda, bugun turmuş örtoği bilan Germaniyada işlab yurgan bölişi kerak edi. U yaşab turgan kvartirasini yaxşi niyatlar bilan sotib, pulini agentlikka tölagan — eri bilan xorijda yaxşiroq maoşli iş bilan ta'minlaşlari uçun.