Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda iqlim özgarişi boşqarmasi munosabat berib, uşbu çinorlar köp yillar davomida taşqi ta’sirlar sabab mustahkamlik xususiyatini yöqotgani, tanasida ğovaklar paydo bölgani va yöl tomon 40 darajaga oğib qolganini ma’lum qildi. Rasmiylarga köra, ularning aholi va turistlar uçun xavfli ahvolda qolişi ehtimoliy fojiali holatlarni keltirib çiqarişi mumkin.

Boşqarmaning ma’lumot berişiça, çinorlarni kesiş uçun belgilangan tartibda litsenziya ham olingan. 22 avgust kuni çiqarilgan ruxsatnoma asosida Samarqand şahar hokimligi Obodonlaştiriş boşqarmasi arizasi va Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xatiga tayanilgan holda uşbu qaror qabul qilingan.

Hujjatga köra, kesilgan har bir çinor örniga qimmatli turdan bölgan 10 ta daraxt köçati ekilişi va ikki yil davomida parvariş qilinişi şart qilib belgilangan. Mazkur işlarni amalga oşiriş mas’uliyati Samarqand şahar hokimligi Obodonlaştiriş boşqarmasi zimmasiga yuklatilgan.

Ekologiya boşqarmasi yaqin kunlarda yangi çinor köçatlari ekilişi va Amir Temur maqbarasi atrofida yaşil hudud tiklanişini ma’lum qildi.