Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda haydovchi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi
Samarqand shahrida Cobalt haydovchisi harakat vaqtida uxlab qoldi, so‘ngra temir to‘siqqa urilgan mashina qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtobus bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan, transport vositalariga shikast yetgan.
Foto: Samarqand viloyati YHXB
2 noyabr kuni soat 06:10 da Samarqand shahri Afrosiyob mahallasi hududidan o‘tgan Shohizinda ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB.
Ma’lum qilinishicha, Cobalt haydovchisi harakat vaqtida uxlab qolgan, so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan.
Oqibatda avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan Asiastar rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.
Hodisa tufayli yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga yotqizildi, deyiladi xabarda.
Avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagani, transport vositalariga shikast yetgan.
Holat yuzasidan shahar tergov bo‘limi dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
YHXB haydovchilardan charchoq yoki uyqu alomatlari sezilsa, rulga o‘tirmaslikni so‘ragan.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026