Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ERIELL Group»: Yangi quduqni burg‘ulash ishlari yakunlandi
Foto: ERIELL Group
Bu hafta «ERIELL Group» kompaniyasi uchun yana bir yaxshi natija bilan yodda qoladigan bo‘ldi – 2020 yilning 22 yanvarida kompaniya Buxoro viloyatidagi «Savatli» konida №6 raqamli quduqni burg‘ulash ishlarini yakunladi. Olingan gazning sutkalik debiti 315 ming m³ ni tashkil qildi va quduq tarmoqning kirish blogiga ulandi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 6 noyabrida seysmorazvedka ishlari natijalariga ko‘ra «ERIELL Group» kompaniyasi mutaxassislari loyihaviy chuqurligi 2052 metr bo‘lgan №6 raqamli quduqni burg‘ulashga kirishgandilar. Bu loyiha tasdiqlangan ish rejasiga ko‘ra ikki yarim oy davomida yakunlandi va quduq foydalanishga topshirildi.
Kompaniya «2017-2021 yillar uchun mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ga asosan jadal faoliyatni davom ettiradi.
ERIELL Group kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:35 / 28.04.2026
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
09:17 / 05.03.2026
Baxtiyor Fozilovning bizneslarida nimalar yuz beryapti?
12:59 / 29.12.2022
ERIELL Group yangi yil oldidan bolalarni xursand qildi
12:44 / 02.12.2022