Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jirinovskiy Xitoyda koronavirus tarqalishida AQShni aybladi
Xitoyda 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi AQShning ig‘vosi hisoblanadi, dedi Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy.
«Koronavirus barcha qit'alarga tarqalmoqda, barchasiga. Nima, bu rostdan ham grippning yangi turimi yoki kimningdir ig‘vosi? AQShning. Iqtisodiyot. Amerikaliklar Xitoyni quvib yetolmaslik yoki unga tenglasha olmaslikdan qo‘rqishmoqda», — dedi u.
Jirinovskiy bunday ig‘vogarlik birinchisi emasligini aytarkan, qush grippi va «kimgadir yoqmay qolgan» Britaniya mol go‘shtini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi epidemiya bir oy ichida barham topadi.
«Dorilar sotib bo‘lindi, kimlardir milliarderga aylandi. Ular asosan Shveytsariyada yashashadi», — dedi siyosatchi.
25 yanvar oqshomiga kelib 41 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan birga, uning tarqalish sur'ati tezlashdi, deb ma'lum qildi XXR raisi Si Tszinpin. Mamlakatda jami 1355ta infeksiya bilan zararlanish holati qayd etildi.
Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayland, AQShda ham ushbu virusga chalinganlar aniqlangan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025